Kompyuterning barcha ishlari — bu, baytlar to‘plamini boshqarishdir Kompyuterning barcha ishlari — bu, baytlar to‘plamini boshqarishdir. Baytlar kompyuterga klaviatura yoki disklardan (yoki alohida liniyalar orqali) kelib tushadi. Shundan so‘ng dasturning buyrug‘i (operatorlari) bo‘yicha baytlarga ishlov beriladi. Ular vaqtincha saqlab turiladi yoki doimiy saqlash uchun yozib qo‘yiladi. Zarur bo‘lsa displey ekraniga yoki chop etish qurilmasidagi qog‘ozga chiqariladi.Baytlarning katta to‘plamlari uchun kattaroq o‘lchov birliklari ishlatiladi.