Sistemali blok, monitor va klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish kanallari Kontrollerlar Tashqi xotira qurilmalariTashqi kiritish-chiqarish qurilmalari
Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, kabi turlari ma’lum.1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda.
Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, kabi turlari ma’lum.1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda.
Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo’lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.
Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel — LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket — COM1—COM3. Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo’ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.Matn xolatida monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografikramzlar va boshqalar kiradi. Ranglimatnlarda har bir belgi o‘rnigao‘zining va fonning rangi moskelishi mumkin. Bu esa chiroylirangli yozuvlarni ekranga chiqarishimkonini beradi.
Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.Sichqonchani ulanishining uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeysli sichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 stilidagi sichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ kompyuterlarda ishlatilmoqda.
Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda