Zamonaviy korxonalar boshqarish tizimi sifatida


Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoni



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə2/4
tarix21.10.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#158652
1   2   3   4
1485282859 65496

Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoni

  • Boshqaruv - ijtimoiy mehnat jarayoniga ishlab chiqarish rivojlanishining ob’ektiv qonunlari asosida yo’naltirilgan tarzda ta’sir o’tkazish tizimi, har bir ishchining va butun jamoaning mehnatini bir vaqtning o’zida nazorat qilish, motivatsiya va tartibga solish usulidir. Moddiy boyliklar va ne’matlar hamda ularga tenglashtirilgan qadriyatlarni taqsimlash, iste’mol qilish va ayirboshlash ham boshqaruvni talab qiladi. Hozirgi paytda, iqtisodiy va ilmiy-texnik o’zgarishlar davrida boshqaruv usullari, tamoyillari va texnikasida sezilarli o’zgarishlar ro’y bermoqda. Boshqaruv alohida tizim sifatida tobora ko’proq tajriba almashish sohasi, reklama, ishlab chiqarish vazifalarini tezkor hal qilish vositasi bo’lib bormoqda. Bunga esa boshqaruvni professionallashtirish, biznes va tadbirkorlik maktablari hamda maslahat markazlarining ochilishi sabab bo’lmoqda. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi borgan sari xo’jalik yuritishning iqtisodiy usullariga asoslangan boshqaruv tizimiga o’rnini bo’shatib bermoqda. Boshqaruvga yondashishdagi zamonaviy usullarning muhim ahamiyati inson omilini faollashtirish, o’z-o’zini boshqarish va tashabbuskorlikni rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi yangi tashkiliy tuzilmalarni yaratishda namoyon bo’ladi. Ma’lumki, o’z korxonasi yoki tsexida, o’z ish yoki xizmat joyining “xo’jayini” bo’lmay turib iqtisodiyotning har tomonlama rivojlanishini talab qilib bo’lmaydi. Insoniyat hayotida shu narsa isbotlab berilganki, moddiy to’kin-sochinlik o’zidan-o’zi paydo bo’lmaydi, uni mehnat faoliyati va oqilona boshqaruv yordamida yuzaga keltirish mumin. Bu holatni aniq tushunish va unga to’g’ri baho berish zamonaviy menedjmentni boshqaruv to’g’risidagi fan sifatida qabul qilishni asoslab beradi. O’zaro aloqada va ma’lum jihatdan bir-biriga bo’ysinuvchi bo’lgan boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari faoliyatning alohida ko’rinishi sifatida boshqaruvning muhim elementlari hisoblanadi.

Korxonada boshqaruv

  • Korxonada boshqaruvning ta’siri boshqaruv ob’ektiga yo’naltirilgan bo’lib, ishlab chiqarish va xo’jalik yuritish jarayonlari, ishab chiqarish uskunalarini ekspluatatsiya qilish, turli miqyosdagi mehnat kooperatsiyasi va hokazolar boshqaruv ob’ekti bo’lishi mumkin. Boshqaruv sub’ekti esa qoidaga ko’ra, korxona rahbari yoki boshqaruv ob’ektlarini maqsadli ravishda boshqarishni amalga oshiruvchi xizmat rahbarlaridir. Agar yuqorida keltirilgan misolga qaytadigan bo’lsak, orkestr, bu – boshqaruv ob’ekti, dirijer esa, boshqaruv sub’ektidir.

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin