ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL
SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 2
46
➢
o'quv predmeti.
O'quv predm eti sifatida tilning
fonetika, leksika va grammatikasidan nazariy bilimlar,
bu bilimlar asosida esa nutq ko'nikmalari shakllantiriladi. Ona tilidan o'zlashtiriladigan
o'quv materiallari quyidagi umumiy xususiyatlarga ega. Tildan o'rganiladigan
har bir
hodisaning m a’nosi va shu m a’noga xos jarangdorlik — fizik tomoni.- Masalan,
ravishdoshga oid so'zlarning holatini anglatish ularning m a’no tomoni sanalsa, «-b, -ib, -a,
-y,-gali, -gani, -gach» kabi qo'shimchalarning o'ziga xos jarangdorligi ularning fizik tomoni
hisoblanadi. Tildan o'rganiladigan har bir hodisa ma’lum tushunchani anglatadi. Bu
tushuncha, o'z
navbatida, hajm jihatidan kengroq ikkinchi bir tushuncha matnida qaraladi.
Ravishdosh fe’l tushunchasi, fe’l so‘z turkumi tushunchasi, so‘z
turkum i m orfologiya
tushunchasi doirasida o‘rganiladi. O‘rganiladigan hodisa til tizimiga kirganligi, bu tizimning
ma’lum tomonini ifodalagani uchun u til va nutqqa doir juda ko‘p
omillar bilan daxldor, ular
bilan aloqador bo‘ladi: ravishdoshga oid so‘zlar gapdagi vazifasi jihatidan sintaksis, «-gach,
-kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha» qo‘shimchalarning imlosi yuzasidan orfografiya,
ularning ko ‘p variantligiga ko‘ra fonetika, nutqda qo‘llanish xususiyatlariga ko‘ra uslubiyat
bilan bog‘liq bo‘ladi. Demak, bu hodisaning og‘zaki va yozma nutqda tutgan o‘rnini
bolalarga yetkazish o‘qituvchining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: