Page 1364
• har taraflama puxta va mustaqil qarorlar qabul qilish;
• atrof-muhit haqida yangi axborot olish;
• umumiylik hissiyotini shakllantirishga ko‛maklashish;
• jamiyat rivojining dolzarb masalalari bo‛yicha ommaviy debatlar va dialoglarni
taʼminlash va qo‛llab-qo‛vvatlash;
• hayoti davomida uzluksiz taʼlimni qo‛llab-quvvatlash;
• o‛z xavfsizligini taʼminlagan va ijtimoiy masʼuliyatni his qilgan holda
mediadan foydalanish;
• fuqarolik jamiyati va global axborot tarmog‛ini shakllanishi va rivojini qo‛llab-
quvvatlash
1
.
Yuqorida sanab o‛tilganlarning barchasi kun.uz saytida faoliyat yuritayotgan
jurnalistlarda namoyon bo‛lmoqda. Saytning “O‛zbekiston yangiliklari”, “Jahon
yangiliklari”, “Iqtisodiyot yangiliklari”, “Jamiyat yangiliklari”, “Fan va texnika
yangiliklari”, “Sport yangiliklari” ruknlari ostida berilayotgan materiallar
respublikamiz va xorijda sodir bo‛layotgan voqea-hodisalarga o‛zgacha, qolipdan
chiqqan holda yondoshuv natijasida juda ham o‛qishlidir. Internet tizimida faoliyat
yurituvchi jurnalist radio, televideniye, matbuotda faoliyat yurituvchi jurnalistdan
albatta farq qiladi. Internet jurnalisti yuqorida tilga olingan jurnalistlarning barcha
xususiyatlarini o‛zida mujassam etgan holda o‛z faoliyatini bajarishi lozim.
Internet jurnalistining mahorati yangiliklarni baholay olishida bilinadi. Bu
jurnalistdan talab qilinadigan asosiy narsalardan biri hisoblanadi. Yangiliklarni tanlash
va ularni baholash internet jurnalisti kundalik faoliyatidagi eng qiyin yumushlardan
biri hisoblanadi. Bu jurnalistning tajribasini ham ko’rsatib beradi. Masalan, “kun.uz”
sayti jurnalistlari yangiliklarni baholashda mazkur saytning axborot siyosatiga,
voqeaning ijtimoiy ahamiyati va dolzarbligiga eʼtibor berishadi. Saytda berilgan
“Nazorat qiluvchi idoralar mustaqil bo‘lishi kerak. Davlat boshqaruvidagi
muammolardan biri haqida” sarlavhasi ostida chop etilgan xabar 2 soat ichida 13 804
marta o’qilganini kuzatish mumkin, bu ham albatta auditoriyaning qiziquvchanligidan
dalolat beradi. “Musulmonlar idorasining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga doir
fatvosi e’lon qilindi” kabi xabarlar ham foydalanuvchilar diqqat-eʼtiborini tortib
kelmoqda. Internet jurnalistining mahorat qirralaridan yana biri uning tezkorligidir.
Agarda 2-3 yil oldin respublikamizda faoliyat yuritayotgan saytlarning salkam 50 foizi
muntazam yangilanmagan bo‛lsa, bugungi kunda sifatli axborotga bo‛lgan talabning
oshishi, saytlarning ko‛payishi va axborot bozori uchun kurash OAV maqomiga ega
saytlarning har kuni yangilanib turishini taqozo etmoqda. Buni “kun.uz”, “daryo.uz”,
“gazeta.uz”, “qalampir.uz”, “xalq so’zi” saytlari misolida ko‛rishimiz mumkin. Ularda
berilayotgan bugungi kunning dolzarb muammolariga bag‛ishlangan materiallar
1
Nozima Muratova, Nargis Qosimova, Gulnoza Alimova, A’zam Dadaxonov, Azizaxon Ilyosxonova, Sitora Xolmatova,
Nigina Xakimova: Jurnalistika “Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar” –T.: O’zbekiston, 2019. 135-b.