Page 1365
foydalanuvchilar xabardorligining oshishiga olib kelmoqda. Agarda saytlar kontenti
bilan tanishish dinamikasini kuzatadigan bo‛lsak, www. uz portalining xabariga ko‛ra,
bir kunda daryo.uz saytiga 422 496 mingga yaqin foydalanuvchilar kirsa, reytingning
uchinchi o‛rnini egallagan “qalampir.uz” saytiga 106 086 mingga yaqin foydalanuvchi
kirib, uning mazmuni bilan tanishar ekan. Bu ko`rsatkichlar ham bugungi kunda
insonlarning axborotga qanchalik kuchli ehtiyoji borligini ham ko`rsatib bermoqda.
Aslida jurnalistlar, o‘z kasbiy vazifalariga muvofiq, axborot vakuumida
yashashlari mumkin emas. Blogerlardan olingan ma’lumotlar jurnalistlar tomonidan
rasman e’lon qilinmasa-da, baribir ularni kundalik faoliyatlarida nazardan
qochirmaydilar. Zero, an’anaviy OAVning axborotni yashirish odati ularga bo‘lgan
ishonchga putur yetkazadi. Natijada odamlar bloglarga o‘xshagan axborot manbalariga
murojaat etishga majbur bo‘ladilar. Bunda auditoriyaning professional jurnalistlarga
bo‘lgan ishonchi pasayadi, blogerlar mavqei esa oshib boraveradi. Natijada an’anaviy
jurnalistikaning reytingi biroz tushib ketishi mumkin.
Internet jurnalistining mahorati avvalo jurnalistika konvergensiyasi jarayonida
o‛quvchi uchun qiziq bo‛lgan faktlarni zudlik bilan har tomonlama, ya’ni matn, video
va audio jamlanmasi ko‛rinishida yetkazishdir. Bugungi kunga kelib saytlarda
(“kun.uz”, “daryo.uz”, “gazeta.uz”, “human.uz”) muhbir bilan birgalikda fotograf va
operator faoliyatini kuzatishimiz mumkin, bu albatta ularda faoliyat yuritayotgan
jurnalistlar matn va surat bilan chegaralanib qolmay, axborotni video va audio
shaklida ham aholiga yetkazib berishayotganliklarini ko’rishimiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va
ommaviy kommunikasiya agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi,
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiatsiyasi, Jurnalistlarni qayta
tayyorlash markazi va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyat ko‘rsatayotgani
axborot sohasini rivojlantirish uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganidan yana bir
dalolatdir.
Soha xodimlarini rag‘batlantirish, yangidan-yangi ijodiy parvozlar sari da’vat
etish, kasb malakasi va mahoratini yuksaltirish, zamon talabiga uyg‘un mutaxassis
kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar ko‘lami tobora kengaymoqda. Bu jihatlar
jurnalistikamiz rivojiga xizmat qilayotgan turli ko‘rik-tanlovlar, ijodiy bellashuvlar,
grant-loyihalar, ijtimoiy dasturlarda ham o‘z ifodasini topmoqda.
Bu borada jurnalistlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” Milliy
mukofoti, “Yilning eng faol jurnalisti”, «Eng ulug‘, eng aziz» singari tanlovlar,
”Jurnalistlar bahori”, “Ijtimoiy media maxsulotlar milliy festivali”, “Ozod yurt
to‘lqinlari” kabi mediafestivallar ijod ahlining jamiyatdagi faolligini oshirish, kasbiy
mahoratini yuksaltirish, iqtidor sohiblarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashda
muhim ahamiyat kasb etmoqda.