Page 1366
OAV uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash milliy tizimining
takomillashtirilishiga ham katta e’tibor berilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Milliy
universitetining jurnalistika, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro
jurnalistika fakultetlarida, shuningdek, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy
kommunikasiyalar universitetida soha uchun kadrlar tayyorlanmoqda va hozirgi tez
o‘zgarayotgan globallashuv davrida jurnalistikaning o‘ziga xos xususiyatlari, tarixiy
taraqqiyoti, bugungi holati va istiqboli bilan bog‘liq masalalarni chuqur o‘rganish, bu
borada olib borilayotgan ilmiy- tadqiqot va ijodiy ishlar samaradorligini ta’minlash
hamda ushbu soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashning sifatini tubdan
oshirish yo‘lida ish olib borilmoqda.
Milliy ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish, sifat jihatdan yangi
bosqichga ko‘tarish, jahon andozalari talablari darajasida faoliyat ko‘rsatishi uchun
zarur sharoitlarni yaratish, ijodkorlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish
borasida doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib kelinmoqda. “Bugun biz
yashayotgan shiddatli XXI asrda zamonning o‘zi hayotimizga keskin sur’atlar bilan
kirib kelayotgan globallashuv jarayonlari O‘zbekiston ommaviy axborot vositalari va
jurnalistlar ahli oldiga bizning ezgu maqsadimiz bo‘lgan demokratik davlat, kuchli
fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lida g‘oyat muhim, dolzarb vazifa va talablarni
qo‘ymoqda. Buning uchun ommaviy axborot vositalari vakillaridan nafaqat
professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‘z so‘zi uchun ma’sulyati hissi, ayni
vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma’naviy jasorat ham talab etiladi”, — degan edi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z ma’ruzalarida. Davlat
rahbarining biz jurnalistlarga yuksak ishonchi, har tomonlama qo`llab quvvatlanishi,
sharafli kasb egalari oldiga yuksak va sharafli vazifalarni yuklaydi.
“Hamma davrlarda ham jurnalistlarga oson bo‘lmagan. Bu kasbni bilib turib
tanlaganmiz. Jurnalistika kurashishni talab qiladigan soha. Matbuot va ommaviy
axborot vositalarini to‘rtinchi hokimiyat darajasiga chiqishini istaymiz. Bugun biz shu
kuchga to‘laqonli ega bo‘lish uchun harakat qilyapmiz.
O‘zbek jurnalistikasining erkinligi, yutuqlari haqida gapirilganda ko‘pchilik avvalgi
davr bilan qiyoslashga o‘rganib qoldi. Bunday solishtirish u qadar to‘g‘ri emas,
nazarimda. Chunki jurnalistikamizni avvalgi vaziyati bilan qiyoslagandan ko‘ra,
“Aslida jurnalistika qanday bo‘lishi kerak?” degan savol nuqtai nazar bilan qarashimiz
lozim.
Sohamizning bugungi natijalari uchun kimgadir rahmat aytishimiz shart emas.
O‘zi shunday bo‘lishi, bundan ham yaxshiroq bo‘lishi kerak-da. Hamkasblarimga
shuni aytgan bo‘lardimki, oldinga yanayam katta maqsadlar qo‘yib, haqiqiy to‘rtinchi
hokimiyat bo‘lishga intilaylik. Bilasizmi, demokratiya ancha rivojlangan davlatlarda
matbuot va ommaviy axborot vositalariga nisbatan birinchi hokimiyat sifatida ham
qarashadi. Bu jurnalistikaning kuchida ko‘rinadi. Shuning uchun kuchli mamlakatlarda