o`rgangan
menejerlar boshqarishi, ish vaqtining to`g`ri va samarali tashkil
etilishiga,
ortiqcha
ma’muriy
qog`ozbozlikka
vaqt
sarflamaslik
va
o`qituvchilarning ko`p vaqtini o`z ustida ishlashlari uchun sarflashlari kabi ko`plab
imkoniyatlar yaratadilar.
Har bir kasb egasi o`z ustida ishlashi o`zini rivojlantirishi lozim. Agar kadr,
xodim yoki rahbar o`z ustida ishlamas ekan, tashkilot yoki muassasada rivojlanish,
ish suratlarining oshishi kabi ijobiy holatlar kuzatilmaydi. Boshliq yoki
boshqaruvchi ham o`z ustida doim ishlashi va o`zini - o`zi rivojlantirishi lozim.
Rahbar o`z ustida ishlamas ekan, u o`z ortidan xodimlarni olib borolmaydi, rahbar
bilimlarga ega bo`lib ammo madaniyat va ma’rifatdan yiroq bo`lar ekan bu
holatning natijasi ham ijobiy bo`lmaydi.
Rahbar avvalo, har bir xodim uchun o`rnak bo`la olishi lozim. U o`z
tashkiloti yoki muassasasidagi xodimlar jamoasining
ishonchini qozona olishi
kerak. Rahbar nafaqat turli bilimlar balki nutq ravonligi, madaniyat, imidj
jihatidan, ishga o`z vaqtida kelish kabi xususiyatlarini namoyon qilishi lozim.
Ko`pincha rahbarlar xodimlar bilan hurmatni
haddan tashqari saqlashga
harakat qiladilar. Masalan, xodimlar bilan suhbatda jiddiy qovog`i solingan holatda
suhbatga kirishadilar, xodimlarni ruhlantirishda ham qattiqqo`llik bilan
yondashadilar. Ammo doim ham bunday choralar ijobiy natijaga olib kelmaydi.
Xodimga topshiriq berdingiz, ammo uning imkoniyatlarini cheklab qo`ydingiz,
bunda xodim o`zida mavjud kuchli ta`sirga yoki yaxshiroq natija ko`rsatuvchi
imkoniyatlardan ham foydalanishga qo`rqib qoladi va siz topshirgan vazifani talab
darajasidasidan ancha past natija bilan sizga taqdim etadi.
Aksincha, haddan
tashqari liberallashuv ham shu kabi salbiy natijalarga olib keladi.
Yuqorida aytib o`tilganidek, psixologiya fani bunday holatlarda katta
yordam beradi. Rahbar topshiriq berganda biroz liberal,
uning natijasini
olayotganda avtoritar ( qattiq qo`l), tashkilot uchun muhim bo`lgan qarorlarni
qabul qilishda demokratik bo`lishi lozim.Bu bizning yuqoridagi fikrimizning
yaqqol isboti deb aytsak noto’g’ri bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: