Diplovaturliguvohnoma-yu,sertifikat5largadoim(ko‘phollarda)hamishonavermang.Inson moliyaviy maslahatchi lavozimini egallashining o‘zi u
tegishli litsenziyaga ega ekanini, ko‘plab imtihonlar topshirganini va doimiy, masalan dunyoning nufuzli joylarida (Davos, Sankt-Peterburg va h.k.) o‘tkaziladigan konferensiyaga o‘xshash ko‘plab konferensiyalar ishtirokchisi
bo‘lganini anglatadi. Undan tashqari, hozirgi sharoitda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida tegishli shaxslarni tijorat asosida ana shunday hujjatlar bilan ta’minlovchi ko‘plab firmalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Shu bois, uning diplom va guvohnoma-yu, sertifi-katlariga ishonishdan oldin undan moliyaviy maslahatchi bo‘lgunga qadar nima ish qilganini so‘rang. Ko‘pchilik bu faoliyat sohasiga savdo sohasidan keladi. Ammo borgan sari ko‘pchilik moliyaviy maslahatchilar buxgalterlik, muhandislik, o‘qituvchilik va yuridik tajribaga ega kishilar bo‘lib chiqmoqda. Esda tuting: faqat ularning oldingi ixtisoslashuvini inobatga olgan holdagina, Siz ularning professional (kasbiy) bilimlaridan o‘z manfaatingiz yo‘lida nafli tarzda foydalana olishingiz mumkin. Buning ustiga, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham o‘zbeklarda “Chumchuq so‘ysa ham – qassob so‘ysin!”, - deb bekordan-bekorga aytilmagani esingizdan chiqmasin;