Uchinchidan, ajab emas (ehtimol), Sizni zamonaviy (amaliy) moliya sohasida karera qilish qiziqtirib qolsa. Sir emas, bu sohada karera qilish uchun ulkan imkoniyatlar borki, kelajakda ular o‘z samarasini beradi, albatta. Buning uchun inson zamonaviy moliyaning barcha sir-asrorlarini egallashi lozim. Moliyachilarning aksariyat qismi iqtiso-diyotning moliya sohasida – banklarda, sug‘urta kompaniyalarida yoki investi-tsiyalarni boshqarish sohasida ishlaydi. Ammo ko‘pchilik moliyachi mutaxas-sislar xoh xususiy bo‘lsin, xoh davlat tashkiloti, nomoliya tashkilot-larining moliya bo‘yicha boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadilar. Ba’zilar esa akademik karerani afzal ko‘radilar.
Uy xo‘jaliklari, xususiy firmalar va hukumat tashkilotlari doimo moliyaviy maslahatchilar maslahatlariga muhtoj bo‘ladilar (ehtiyoj sezadilar). Bundan tashqari, moliya sohasida ta’lim olish kelajakda tashkilot rahbari sifatida karera qilish uchun ishonchli poydevor bo‘lishi mumkin va bo‘ladi ham. Shu o‘rinda,bilib qo‘ying: dunyodagi yirik korpo-ratsiyalarning oliy toifadagi rahbarlari o‘z mehnat faoliyatini, dastlab, aynan moliyachi sifatida boshlaganlar.
Dostları ilə paylaş: |