To‘rtinchidan, moliya tizimi tub asoslari mohiyatini tushunish asoslangan fuqarolik qarorlari qabul qilish uchun zarur. Moliya tizimi iqtisodiy hayoti bozor munosabatlariga asoslangan har qanday jamiyat infratuzilmasining eng muhim qismi hisoblanadi. Keng tarqalgan fikrga ko‘ra moliya institutlari ishini to‘g‘ri tashkil etish mamlakatning iqtisodiy o‘sishi va taraqqiyoti uchun puxta zamin yaratadi. Biz, fuqaro sifatida, ko‘pincha siyosiy qarorlar qabul qilishimizga to‘g‘ri keladi. Bu qarorlar, oxir oqibat, mamlakat moliyaviy tizimi ishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, depozitlarning hukumat tomonidan sug‘urtalanishiga qarshi chiqayotgan yoki fond bozoridagi bitimlar ustidan qat’iy nazorat o‘rnatishga chaqirayotgan siyosatchiga ovoz berish to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar shunday qilinsa, buning oqibati nimalarga olib kelishi mumkin?
Beshinchidan, ko‘pchilik shunchaki o‘z bilim doirasini kengaytirish uchun ham “Zamonaviy moliya”ni o‘rganadi va shunga qiziqadi. Zamonaviy moliya qonuniyatlarini bilish dunyoqarashni kengaytiradi va tashqi dunyo qaysi qonuniyatlarga asosan rivojlanayotganini bilishga yordam beradi.
Moliya sohasidagi ilmiy izlanishlar uzoq tarixga ega. A. Smitning 1776 yilda chop etilgan “Xalqlar boyligi tabiati va sabablari borasida tadqiqotlar” kitobini ko‘pchilik iqtisod fani (ilmi)ning ibtidosi deb hisoblaydilar. So‘ngi yillarda zamonaviy moliya nazariyasi moliya sohasiga ixtisoslashgan iqtisodchilar tomonidan ishlab chiqilmoqda va takomil-lashtirilmoqda. Bu 1990 va 1997 yillarda iqtisod sohasida Nobel muko-fotiga moliya nazariyasi va amaliyotiga ulkan hissa qo‘shgan olimlar sazovor bo‘lganligi bilan ham tasdiqlanadi6.