Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


o‘rganishlarning epmirik natijalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

o‘rganishlarning epmirik natijalari
Biz tadqiqotimiz davomida yoshlar orasidagi jinoyatchilik omillarini ham yetarlicha tarbiya topmaganlik 
omili bilan bog‘liq deb o‘yladik va mazkur farazimizni ham tekshirib ko‘rish uchun respondentlar orasida 
o‘rganishlar olib bordik va quyidagicha qiziq va xavotirli empirik natijalarni qo‘lga kiritdik (4-rasm).
4-rasm. Respondentlar orasida “Sizningcha yoshlar orasidagi jinoyatchilikni yuzaga keltirayotgan 
asosiy omillar nimalardan iborat”, deb so‘ralgan so‘rovning empirik natijalari
Tadqiqotimiz davomida oilada farzand tarbiyasi uchun ajratilayotgan vaqt, ya’ni ota-ona bir kunda o‘z 
farzandi bilan tarbiya bo‘yicha qancha vaqt muloqotda bo‘ladi, shuni ham o‘rgandik va quyidagicha empirik 
natijalar qayd qilindi (5-rasm).
 
5-rasm. Respondentlar orasida “Siz o‘z farzandingiz bilan tarbiya borasida muloqot 
uyushtirasizmi”, deb so‘ralgan so‘rovning empirik natijalari
Aslida mazkur qayd qilingan holat yoshlar orasidagi jinoyatchilikka sabab bo‘layotgan omillardan biri 
hisoblanadi, ya’ni ikki avlod orasidagi o‘zaro 
muloqotning uyushtirilmasligi
oqibatida ota-ona va farzand 
bir-birida kechayotgan kechinmalar, o‘zgarishlardan bexabar qoladi. 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
94
Biz tadqiqotimiz davomida ota-onalar o‘z farzandini pedagogik nazorat qilayaptimi yoki yo‘qmi, shu 
kabi holatlarni ham o‘rgandik va quyidagicha holatlarni aniqladik (6-rasm).
6-rasm. Ota-onalar tomonidan farzandlarning pedagogik nazorat qilinishi bo‘yicha
o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari
Demak, biz oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik ichki tahdidini mazmun mohiyati, uning inson, 
xalq, millat uchun ayanchli oqibatlari to‘g‘risida aholi orasida keng ko‘lamdagi maqsadli va manzilli 
profilaktika tadbirlarni olib borishimiz maqsadga muvofiq. Zero, buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy 
aytganidek “Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u tasvirdan xoli 
bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa bukilsa, egiladi.
Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda saodatga erishadi. Uning savobiga ota-
onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z 
holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning 
gardaniga tushadi”. 
Tarbiya masalalariga e’tiborsiz qaralgan vaziyatda yuzaga keladigan ko‘ngilsizliklar ham, u keltirib 
chiqaradigan zararli oqibatlar ham barchamizni ogohlikka da’vat qilmog‘i lozim.
Ammo bugun qaysidir davrada shu haqda fikr bildirilsa, aksariyat ota-onalarda masalaga daxldorlik 
bilan emas, aksincha, o‘z loqaydliklarini xaspo‘shlash uchun sizga: “Hozir zamon juda qiyin bo‘lyapti, 
tirikchilik uchun yugurmasang bo‘lmasa!”, “Nima qilay bolalarim yeyman, ichaman deydi, kiyim kechagini 
aytmaysizmi, bizga oson emas...”, “Ha endi o‘zi omon bo‘lsa, tarbiyasi bir gap bo‘lar...” deb javob berishadi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin