“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 15 −
oila muqaddas qo‘rg‘on ekanligiga nisbatan munosabatlarning yuzakiligi;
−
yigit va qizlar munosabatlarida, turmush qurishda, oila bo‘lib yashash tarzida,
ajrim holatlarida o‘ta erkinlik, ota-ona fikriga tayanmaslik;
−
nikohga oliy qadriyat sifatida qaramaslik (aksariyat oilalar fuqarolik yoki
shar’iy nikoh asosida yashashadi);
−
jinsiy munosabatning o‘smirlik yoshidan juda erta boshlanishi;
−
yosh qizlarda bokiralikni saqlash majburiyatining yo‘qligi;
− erkin jinsiy aloqalarga yo‘l ochiqlik va ular uchun maxsus sharoitlar yaratilganlik;
−
oila qurishga nisbatan milliy qadriyatlar nuqtayi nazaridan emas, balki boshqa xalqlar, millatlar
urf-odatlariga qiyosiy taqlid qilish odatining paydo bo‘lishi;
− u yoki bu masala bo‘yicha qaror qabul qilishda er-xotinning o‘zaro kelishmasdan mustaqil qaror
qabul qilishi;
− kiyinish, ota-ona bo‘lish, yashash tarzini tashkil etish, farzandlik, qarindosh-urug‘chilik burch hamda
vazifalarini bajarishda sharqona odob-axloqdan keskin yiroqlik;
− oiladagi har bir shaxsning o‘zi uchun individual turmush tarzi asosida hayot kechirishi;
−
bir jinsliklar turmushiga e’tiborsizlik;
−
oila ma’naviy-axloqiy asoslarining qadrsizligi;
−
guruhli jinsiy aloqalar;
−
yoshlarni oilaviy hayotga tayyor bo‘lmasdan oila qurishi va boshqalar.
Darhaqiqat, bunday salbiy ta’sirlardan xoli zamonaviy oila qurishning asosiy mezoni uning ma’naviy-
axloqiy poydevor asosiga qurilishi hisoblanadi. Shundagina u mustahkam va baxtli bo‘lishi mumkinligini
tadqiqotlar va hayotiy tajriba ko‘rsatmoqda.
Zamonaviy oilaning ma’naviy-axloqiy asoslari umuminsoniy va milliy qadriyatlar hisoblanadi.
Chunki oilaning ma’naviy-axloqiy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash va
mustahkamlash zamirida jamiyatning ma’naviy takomillashuviga erishiladi. Oilada ma’naviy muhitni keng
qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turish oilaning
jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshiradi. Uning asosiy manbalari quyidagilardan iboratdir:
– Sharq va G‘arb mutafakkirlari merosida bayon etilgan oila borasidagi qarashlari;
– xalq og‘zaki ijodi namunalari;
– milliy va umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlar;
– oila ma’naviyatini takomillashtirish borasidagi huquqiy-me’yoriy hujjatlar (Oliy Majlis tomonidan
qabul qilingan qonunlar, ratifikatsiya qilingan xalqaro huquqiy-me’yoriy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari,Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va idoralarning me’yoriy
hujjatlari, mutaxassis-olimlarning ilmiy-metodik asarlari va boshqalar);
– adabiyot va san’at asarlari;
– OAV materiallari, tele-radio ko‘rsatuv va eshittirishlari;
– hayotiy ilg‘or xalqaro va milliy tajriba.
Mazkur manbalar asosida zamonaviy oilaning quyidagi ma’naviy-axloqiy mezonlari takomillashtiriladi:
oilaning muqaddasligi, oilaviy-huquqiy madaniyat, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti,
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari, ro‘zg‘orshunoslik sirlari, oila gigiyenasi,
reproduktiv salomatlik va jinsiy tarbiya asoslari, sog‘lom turmush tarzi (kiyinish, ovqatlanish, shaxsiy
gigiyena, jismoniy salomatlikni saqlash) qoidalariga amal qilish, kundalik hayot tartib-qoidalariga rioya
etish, har qanday vaziyatda o‘zini tuta bilish, kamtarlik, sabr-toqatlilik, saranjom-sarishtalik, orastalik,
sermulohazalik, odob doirasida so‘zlash, turli noaxloqiy illatlardan xolis bo‘lish, e’tiqodlilik, ongli intizom,
milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lish, yurish-turish, xatti-harakat qoidalariga, milliy oilaviy qadriyatlarga
muhabbat, ro‘zg‘or yuritish madaniyatiga amal qilish, kattalarga hurmatda va kichiklarga nisbatan izzatda
bo‘lish, adabiyot va san’atga muhabbatini namoyon etish, turli millat urf-odatlari, an’analari, tili, dini va
madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik, mehnat madaniyati, sog‘lom ma’naviy muhit tartib-qoidalari, kiyinish
madaniyati, muloqot madaniyati, zamonaviy uy bekalari axloq-odob qoidalari, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni
mustahkamlash, ota-onalikning ijtimoiy-ma’naviy jihatlari, erta turmush, erta tug‘uruq, qarindosh-urug‘lar