“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 13 To‘
rtinchidan, oilaviy va milliy qadriyatlar, urf odatlar, an’analarning mazmun-mohiyati yosh avlod
ongiga bolaligidan singdirib borilmayotganligi va hokazolar.
Yuqoridagilarni inobatga olib, ta’kidlash joizki oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va
oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
* * * Oynisa Musurmanova, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, p.f.d.,professor ZAMONAVIY OILANI BARPO ETISHDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING O‘RNI Annotatsiya. Maqolada zamonaviy oila va uning o‘ziga xos xususiyatlari, mazmunan uning ustuvor yo‘nalishlari, zamonaviy o‘zbek oilasi a’zolari kompetensiyasi komponentlari, tamoyillari, manbalari, samarali shakl va metodlari, salbiy ta’sir etadigan holatlar va ularning oqibatlari haqidagi ilmiy-nazariy qarashlar o‘z aksini topgan bo‘lib, mazkur toifa oilalarni takomillashtirish borasida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tayanch so‘zlar: zamonaviy oila, omillar, ustuvor yo‘nalishlar, ma’naviy-axloqiy asoslar, zamonaviy oila andozasi, oila a’zolari kompetensiyasi, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ma’naviy muhit, tamoyillar, ustuvor yo‘nalishlar, manbalar, ma’naviy-axloqiy mezonlar, innovatsion tarbiya texnologiyalari. Аннотация. В статье отражены научно-теоретические взгляды на современную семью и ее особенности, ее приоритеты по содержанию, компоненты компетенции современных узбекских членов семьи, принципы, источники, эффективные формы и методы, неблагоприятные воздействия и их последствия. Разработаны выводы и рекомендации по оздоровлению данной категории семей.