Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Egamberdiyeva Nodira Melibayevna,
“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori
pedagogika fanlari doktori, professor


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
8
kamolga yеtkazgan va mislsiz muhabbat, beminnat non-tuzi bilan siylagan volida-yu padarimiz oldida bir 
umr qarzdormiz.
Buyuk ajdodimiz, yеngilmas sarkarda Sohibqiron Amir Temur xonadonida o‘rnatilgan tartibga 
asosan, shahzodalar tarbiyasi ularning onalari zimmasida emas, balki buvi-bobolari zimmasida bo‘lgan. 
Bo‘lg‘usi olim Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshodbegim hayot bo‘lsalar-da, uning oilaviy tarbiyasi 
bilan Saroymulkxonim shug‘ullanib kelgani tarixiy manbalarda keltirilgan. Amir Temur, o‘z navbatida, bobo 
sifatida Mirzo Ulug‘bekning harbiy ish, davlatni idora qilish, ilm egallash borasidagi tarbiyasiga alohida 
e’tibor qaratadi. Natijada Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar davlat arbobi, butun dunyoga mashhur olim, yеtuk 
falakiyotshunos bo‘lib yеtishadi.
Keksalarning ibratli hayot yo‘li, o‘gitlari, yillar silsilasida toblangan chuqur hayotiy tajribasi 
yoshlarimizning o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlay olishida asrlar davomida mayoq vazifasini o‘tab kelmoqda.
Afsuski, hozirgi paytda oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish 
bilan bog‘liq ko‘plab qiyinchiliklar, muammolar yuzaga kelmoqda. Aksariyat oilalarda bugungi kunda 
oila a’zolarining bir-biridan tobora uzoqlashishi va begonalashuvining guvohi bo‘lamiz. Zamonaviy oila 
qiyofasi – har bir oila a’zosi televizor oldida soatlab band bo‘lib qolayotgan yoki qo‘lida uyali aloqa vositasi 
bilan o‘z hududiga berkinib olishi, o‘zaro sovuq munosabatlar, turli avlod vakillarining go‘yo bir-birini 
tushunmayotgani singari tasvirlarda namoyon bo‘lmoqda. Ba’zi oilalarda ota-ona ertalabdan kechgacha 
ro‘zg‘or tashvishida jamiyatning turli jabhalarida ish bilan band bo‘ladi, ayrimlari maqsadsiz ko‘cha-
ko‘yda yuradi va uyda bo‘lgan vaqtlarida ham o‘z ishlari bilan ovora bo‘lib farzandlariga deyarli vaqt ajrata 
olmaydi. Tashqi ko‘rinishdan agar “oila” deb atash mumkin bo‘lsa, bu dargohda oila ahlini shunchaki bir 
boshpana bog‘lab turadi, xolos. Deyarli bir-birini tushunmaydigan, samimiy suhbatlar olib borish o‘rnini 
sovuqqina ijtimoiy, zaruriy savol-javoblar bilan yakun topuvchi dialoglar egallamoqda. To‘g‘ri, biz axborot 
texnologiyalari asrida yashayapmiz. Shuni unutmasligimiz lozimki, oiladagi bu kabi sovuq munosabatlar 
farzandlarimizni qo‘sh-qo‘llab yot oqimlar-u, begona madaniyatlar ta’siriga tushib qolishlariga turtki bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, oilalarda sog‘lom ma’naviy, axloqiy muhit hukmron ekan – jamiyat mustahkam 
bo‘ladi, mustahkam jamiyatda esa tinchlik, farovonlik, osoyishtalik va to‘kinlikning barqarorligi ta’minlanadi. 
Jamiyatimizning osoyishtaligi va barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish esa har bir vatandoshimizning 
vazifasidir.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin