“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
7
OILA MA
’
NAVIY MUHITINING MILLIY VA UMUMINSONIY
QADRIYATLAR BILAN UYG
‘
UNLIGI
O‘zbek xalqi azal-azaldan o‘z milliy qadriyatlari va o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va
yuksaltirishda oilaga tayanib kelgan.
Oilaning mustahkamligi, oilada ma’naviy muhitning milliy va
umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini ta’minlash davlat va jamiyatning eng asosiy vazifalaridan biri
hisoblanadi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ta’birlari bilan aytganda, “Oila –kichik
vatan, oila tinch, baxtli bo‘lsa – vatan tinch bo‘ladi
1
”. Shu sababli ham bizning mamlakatimizda oila –
muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining
XIV bobi oilaga bag‘ishlangan. Bosh Qomusimizning 63-moddasida “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb ta’kidlangan. Shundan anglashimiz
mumkinki, oilaning mustahkamligi, unda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qaror topishini ta’minlash
davlatimizning asosiy hujjatida ham o‘z aksini topgan.
Oila murg‘ak vujud qalbiga eng pokiza tuyg‘ularning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Dunyoga kelgan farzand aynan oila bag‘rida bir qator dastlabki hayotiy ko‘nikmalarni egallaydi. Darhaqiqat,
qadimdan milliy urf-odat va an’analarimizni
yosh avlod ongiga singdirishda, ularni jismonan barkamol,
ma’nan yеtuk, mehr-oqibatli, saxovatpesha, o‘zgalar dardini his qila oluvchi, yiqilganga tirgak bo‘la oladigan
insonlar qilib tarbiyalashda sog‘lom oila muhiti muhim o‘rin kasb etadi. Bir so‘z bilan aytganda,
oila azal-
azaldan farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalovchi maskan bo‘lib kelgan.
“Qadriyat” atamasi inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat yoki qaysidir ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat ne’matlari hisoblanadi. Milliy
qadriyatlar mahalliy va diniy qadriyatlarga, umuminsoniy qadriyatlar esa ko‘plab milliy qadriyatlarga
tayanib shakllanadi va asrlar osha takomillashib boraveradi. Bugungi tezkor globallashuv sharoitida ham
o‘z milliy va ma’naviy boyliklarini asrab-avaylayotgan, boyitib rivojlantirayotgan har qanday millat o‘ziga
xos an’analari, urf-odatlari va o‘lmas qadriyatlari bilan boshqa millatlardan ajralib turadi.
Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi sifatida madaniy-ma’rifiy hodisalar, urf-odatlar, an’analar
zamirida inson qadr-qimmatining oshishiga xizmat qiladi. Oilada bolaga salomlashishdan tortib to‘g‘ri
ovqatlanish, kiyinish, kattalar va tengdoshlar bilan o‘zaro muloqot, jamoatchilik ichida o‘zini tutish singari
ma’naviy-ma’rifiy, yurish-turish bilan bog‘liq ham milliy, ham umuminsoniy qadriyatlar singdirib boriladi.
Bola o‘zini anglash sari qadam qo‘yganidan tevarak-atrofni, yaqinlarini, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan
ota-onalarini tanishni va ularning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zlashtirishni boshlaydi. O‘zbek
oilalariga xos bo‘lgan mehnatsevarlik, sadoqat, samimiyat, ishonch, vatanni sevmoqlik, adolat, poklik,
to‘g‘rilik singari fazilatlar shaxsiy namuna sifatida ota-onadan farzandga bevosita singdiriladi.
Urf-odat
va an’analarimiz, madaniyatimizdan bahramand bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimizning hayot tarziga yoshliklaridan
ota-onalariga ko‘mak berish, so‘ngra esa o‘z oilalari uchun qayg‘urish hissi singib boradi.
Oilada farzand tarbiyasida nafaqat ota va ona, balki bobo va buvilarning ham o‘rni haqida ham unutmaslik
kerak. O‘zbek oilalarida istiqomat qilayotgan keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan ehtirom zamirida
pir-u badavlat onaxonlar-u otaxonlarimizni e’zozlash, ularning o‘gitlari,
pand-nasihatlariga amal qilish,
keksaygan chog‘larida tayanch bo‘la olish singari qadriyatlar mavjud. Dasturxon atrofidagi yig‘inlarda keksa
avlod vakillari tomonidan xalqimizning nodir ijod namunalari maqol, matallar, rivoyatlar-u hikmatlar orqali
turli xil maishiy masalalar va muammolarga yеchimlar ko‘rsatiladi. Keksaygan ota-onalarga kiyim yoki
pul emas, balki oila a’zolarining shirin so‘zi va tasallisi, ruhiy daldasidan, e’tiboridan
ortiqroq narsaning
o‘zi yo‘q. Keksalarga ko‘rsatilayotgan mehr-oqibat va muruvvat oiladagi uchinchi avlod vakillariga o‘z
ota-onalarining qarilik gashtini osoyishtalik va baxtiyorlikda o‘tkazishlarini ta’minlaydi. Zero, har birimiz
1
https://uza.uz/uz/posts/oila-adriyatining-umri-bardavom-b-lmo-i-shart-14-05-2020
Dostları ilə paylaş: