“Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat”, – deb e’tirof etdilar.
Xo‘sh qadriyatning o‘zi nima? Qadriyatlar deganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan
barcha narsalar tushuniladi. Qadriyatlarning mohiyati insonlarning tarixiy tajriba an’analarini kelgusi
avlodlarga to‘la-to‘kis yеtkazish, o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish orqali izohlaymiz. Shuning uchun milliy
ma’naviy qadriyatlarni e’zozlab, ardoqlab, chin dildan bajarish va ularni o‘z holida saqlash, shu bilan
birga, umuminsoniy qadriyatlarni oila muhitiga uyg‘unlashtirish dolzarb masaladir. Qadriyatlar mazmunan
xilma-xil turlarga bo‘linib, hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan. Jumladan, inson va uning hayoti
eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo‘q joyda biror narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlashga hojat ham
yo‘q. Shuning uchun ham inson qadr-qimmatini e’zozlash, uning turmushini yaxshilash, bilimi va madaniy
saviyasini rivojlantirish, sog‘lig‘ini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishini
tashkil etadi. Farzandlarimiz ongida axloqiy qadriyatlarni shakllantirish uchun:
Vatanga, ota-onaga, o‘tgan avlodlariga hurmat, muhabbat tushunchalari va tasavvurlarini
kengaytirish;
burch, vijdon, insof, mas’uliyat haqidagi tasavvurlarni vujudga keltirish;
do‘stlik, o‘rtoqlik, qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni kengaytirish hal
qilinishi kerak bo‘lgan dastlabki vazifadir.
Estetik qadriyatlar farzandlarimizning estetik sezgi va idrokini tarbiyalash, tashqi va ichki go‘zalligini
shakllantirishdir. Ularda estetik qadriyatlarni shakllantirish uchun:
bola ongida ota-bobolarimizdan bizgacha yеtib kelgan amaliy, me’morchilik, musiqa va san’at
asarlarini, shuningdek, turli xarakterdagi bayramlarni asrab-avaylash tuyg‘usini shakllantirish;
go‘zallikka baho berish, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olish;
tabiatning nozik, nafis go‘zalliklarini ko‘rish, his etishni rivojlantirish talab etiladi.
Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra, milliy va umuminsoniy turlarga bo‘linadi. Insonning qaysi
millatga mansub ekanligi haqida tasavvuri faqat g‘oyagina emas, balki tuyg‘u hamdir. Insonda milliy ong