“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 16 o‘rtasidagi nikoh, ajrimlar, oilada nizo, ziddiyat, zo‘ravonlik va tazyiqlarning sabablari va zararli oqibatlari,
farzand tarbiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, еtimlik, shar’iy nikoh kabilarning salbiy oqibatlari va
boshqalar.
Demak, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi shaxsning insoniyat tomonidan qabul qilingan
umuminsoniy va milliy axloq-odob qoidalarini zamonaviy ma’naviy mezonlar bilan uyg‘un holda kundalik
hayotda, amaliy faoliyatda yaxlit tarzda o‘z xatti-harakati, xulq-atvori orqali ongli ravishda namoyon etish
demakdir.
Mazkur mezonlar ma’naviy muhiti sog‘lom yoki nosog‘lom; tinch yoki notinch; to‘liq yoki noto‘liq;
ehtiyojmand; kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan; turli millatli, diniy e’tiqodli, ijtimoiy mavqega
ega; ziyoli, ishchi-tadbirkorlar va boshqa toifa oilalarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda
takomillashtiriladi. Albatta, bu o‘rinda ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari mutasaddilar va boshqa
mutasaddilarning tashkilotchilik kompetentligi muhim rol o‘ynaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamkorlikda oilalarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy
ishlarni yakka, guruhli, jamoaviy, ommaviy shaklda tashkil etish, yoshlar, ota-ona, tarbiyachi-o‘qituvchi,
jamoatchilikning ijtimoiy ehtiyoji, talablari, ta’lim muassasasi xarakteri, mintaqa hamda hududning ma’naviy-
madaniy manfaatlari, geografik joylashuvi hamda demografik vaziyatni inobatga olish muhim ahamiyat
kasb etadi.
Xulosa. Shunday qilib, zamonaviy oila va uning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirishda
innovatsion tarbiya texnologiyalardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, multimedia
resurslari, o‘quv va badiiy adabiyotlar, elektron axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, maxsus teleradio
ruknlari va reportajlar, ijtimoiy loyihalar, ilmiy-ommabop, badiiy va multiplikatsiyaviy va hujjatli filmlar,
elektron ta’lim resurslari, maxsus interaktiv veb loyihalar, audiovizual va boshqa vositalardan foydalanish
o‘zining samarasini berishi muqarrar.
Zamonaviy oilani shakllantirish samaradorligini ta’minlashda foydalaniladigan tarbiya metodlarining
rang-barangligi muhim rol o‘ynaydi. Olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning maqsadi, mazmuni,
tematikasi va xarakteriga ko‘ra savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, hikoya, davra suhbati, munozara,
klaster, aqliy hujum va boshqa metodlardan foydalanish ijobiy samaralar beradi.
Jumladan, jamoatchilik fikrini o‘rganish, ta’lim-tarbiya natijalarini monitoring qilish, uning mazmunini
takomillashtirish, ishning shakl va metodlarini to‘g‘ri tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Buni o‘rganishning
metodologik asosini aniqlash; mazmunini va tamoyillarini belgilash; samarali metodlarni tanlash; tahlil etish,
xulosa chiqarish, tavsiyalar berish yo‘llarini aniq belgilab olmoq lozim.
Zamonaviy oilani rivojlantirish, oilada ichki munosabatlar, shaxslararo munosabatlarni, boy madaniy
tarixiy meros va an’anaviy oilaviy qadriyatlar muammolari bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion
tadqiqotlarni o‘tkazish, ularning ma’naviy-axloqiy asoslarini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy hayotga
tayyorlash kabi ustuvor masalalar bo‘yicha muhim natijalarga erishiladi.