“G‘ayratlilik”
g‘azabiy quvvatga mansub, bunda inson har qanday og‘riq va
alamlarga befarq qaraydi.
“Qanoat”
, ya’ni mo‘tadillikka ta’rif berib, Ibn Sino uni tana uchun normadan
ortiq ozuqani iste’mol qilishdan saqlanish yoki xulq normalariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik
deb tushuntiradi.
“Sabr”
insondagi shunday quvvatdirki, u orqali inson boshiga tushgan yomonlikdan xoli
bo‘ladi.
“Vijdonlilik”
tez fahmlash, his orqali berilgan biror narsaning haqiqiy ma’nosiga tez еtishdir va
turli xil yomon ishlardan o‘zini tiyib turishdir.
“Rahmdillilik”
–
omadsizlikka uchragan yoki boshqa og‘ir
kulfat tushgan insonlarga hamdard bo‘lish.
Ibn Sinoning axloq va odob borasidagi qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”
9
, “Ash-
Shifo”larning deyarli barcha qismlarida, shuningdek, uning badiiy asarlarida, ayniqsa, tibbiy poemasi “Hayy
ibn Yaqzon”, “Qush risolasi”da ham o‘z aksini topgan.
Ibn Sino o‘zining “Uy-joy tutish tadbiri” haqidagi asarida ayollarning o‘n еtti xislatini sanab ko‘rsatadi.
Unga ko‘ra, dastlab ayol oqila va imonli, sharm-hayoli va or-nomusli, didli va farosatli, orasta, o‘z eriga
sadoqatli, itoatkor, dilkash, bexarxasha, pokiza, vazmin, muloyim va o‘zini tutib olgan jiddiy va ulug‘vor, har
bir xatti-harakatida yaxshi xislatlari sezilib turadigan tejamkor, erining og‘ir damlarida unga malham bo‘la
oladigan mushfiq-u mehribon bo‘lishi kerak. Demak, Ibn Sino bu yеrda ayollarning donoligini maqtaydi.
Uningcha, agar ayol oqila bo‘lsa, o‘z erining ishonchli do‘sti va hamdardi bo‘la oladi, u bevafolikni qoralaydi,
oilani halokatga olib boradigan narsa, o‘sha bevafolik, deydi
6
Ўша жойда, – Б. 54.
7
Абу Наср Фаробий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Тошкент: “Ёзувчи”. 2002. – Б. 12.
8
А.Абдуллаев. Абу-л-Лайс ас-Самарқандий. Буюк юрт алломалари. – Б. 62
9
“Тиб қонунлари”. ЎзР ФА ШИ қўлёзма фондида сақланади.( №3316. 97 85)
|