“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
24
Xoja Bahouddin Naqshband: “Elning yukini yеngillashtiring, elga yuk bo‘lmang”, – degan hikmatli
so‘zlari insonlarga o‘z xalqiga ortiqcha yuk bo‘lmaslik, aksincha, unga madadkor bo‘lib, jamiyat rivojiga
o‘z hissasini qo‘shishga da’vat etgan.
Temuriylar davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar ancha yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilgan.
Sohibqiron Temur yosh avlodni tarbiyalashdagi maorifning beqiyos ahamiyatini anglab, masjid qoshidagi
maktablar va madrasalarga keng o‘rin berildi. U diniy tarbiyaga o‘ziga xos bo‘lgan islohotchi sifatida
yondashdi va maktab tizimiga katta e’tibor berdi. Mirzo Ulug‘bek o‘z pedagogik qarashlarida bolalarning
jismonan sog‘lom, xarbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo‘lib yеtishuviga alohida ahamiyat beradi.
Uning fikricha, ta’lim-tarbiyada matematika, falakiyot fanlari bolaning aqliy qudrati va qobiliyatini o‘stirishda
muhim vosita bo‘lsa, tarix va adabiyot fanlari esa bolalarning vatanparvar bo‘lib yеtishishlariga xizmat qiladi.
O‘rta asr Sharq mutafakkirlarining ma’naviy-axloqiy qarashlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini
yo‘qotmay, balki qayta-qayta asarlarni mutolaa qilishni talab qilmoqda. Chunki, birinchidan, mashhur
allomalarning shaxsiy hayoti, buyuk insoniy fazilatlari, ikkinchidan, mehnatni ulug‘lovchi, halollik,
insonparvarlik, ilmga chanqoqolik, kasb-hunar egallash va komillikka intilish kabi g‘oyalari bilan sug‘orilgan
asarlarining tarbiyaviy ahamiyati beqiyosdir.
Ular jahondagi globallashuv jarayonida milliy urf-odatlar, qadriyatlarni saqlab qolish va jaholatga qarshi
ma’rifat sifatida to‘g‘ri yo‘l tanlashda bebaho ma’naviy meros bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: