“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
21
fikrlar bugunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Shuningdek, “Avesto”da oila-nikoh munosabatlari, oilaviy
burch va farzand tarbiyasi xususida bir qator fikrlar bayon qilingan
2
.
Xalqimiz uchun ma’naviyat elchilari hisoblanmish Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy,
Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abd ar-Rahmon
ad-Dorimiy as-
Samarqandiy Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy, Farg‘oniy kabi ko‘plab muhaddislar еtishib chiqqan.
Buyuk allomalarning yaratgan asarlarida odob-axloq va ilmga munosabatga alohida e’tibor berilgan.
Ajdodlarimizning nafaqat asarlari, balki ularning o‘zlari ham ta’lim va tarbiyada barchaga o‘rnak bo‘la
oladigan insonlar sifatida mashhur bo‘lganlar.
Bu insonlarning buyuk allomalar
sifatida shakllanishida, albatta, ularning oilaviy muhiti asosiy rol
o‘ynagan. Allomalarning ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari buyuk insonlarni yoshligidanoq ilm olamiga
olib kirishda asosiy sababchi bo‘lgan.
Manbalarda yozilishicha, Imom Buxoriyning (810-870) onasi nihoyatda oqila, diyonatli va fozila
ayol bo‘lib, o‘g‘lining ko‘zi zaifligidan qattiq tashvishga tushgan va doimo uning ko‘rish qobiliyatini
qaytarish uchun duoda bo‘lgan. Otasidan erta ayrilgan Imom Buxoriyning asosiy tarbiyachisi va ilm yo‘liga
boshlovchisi onasi bo‘lgan. U farzand sifatida onasini juda hurmat qilgan va boshqalarni ham ota-onasini
qadrlashga da’vat qilgan.
Imom al-Buxoriy ahamiyatiga ko‘ra Qur’oni karimdan keyingi ikkinchi ma’naviy manba deb e’tirof
etilgan “Al-Jome’ as-Sahih” va undan keyingi “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”) asarlarida axloq,
odob, farzandlarni ota-onaga hurmatda bo‘lishga, onani e’zozlashga, mehr-oqibatli, ilm o‘rganishga, pok
va iymonli bo‘lishga da’vat etgan. Imom al-Buxoriy madrasada toliblarga dars berish bilan bir qatorda,
ularga maoshlar ham belgilagan. Manbalarda miskinlar va ilm ahlini doimo moddiy tomondan qo‘llab-
quvvatlaganligi alohida qayd etilgan. Uning pokiza va diyonatli inson sifatidagi tavsifi ko‘plab zamondoshlari
tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, o‘zining shaxsiy hayotida ortiqcha dabdaba va behuda sarf-xarajatlarga
yo‘l qo‘ymagani va nihoyatda sabr-toqatli inson ekanligi alohida qayd etilgan.
3
Imom Buxoriyning shoh asari “Al-Jome’ as-Sahih” bashariyatga qoldirilgan tengsiz ma’naviy meros
bo‘lib, islom dinida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbadir. “Al-Jome’ as-Sahih”
ham diniy, ham dunyoviy ahamiyatga molik asardir. U har bir insonni o‘zi va mahzabidan qat’i nazar
iymon-e’tiqodli bo‘lishga,
halollik, poklik, rostgo‘ylik fazilatlarini qalbiga singdirishga, hayotini ezgulik,
savob ishlarga bag‘ishlashga, o‘zidan yaxshi nom qoldirishga da’vat etadi. Oila, farzand tarbiyasi, ota-
onalar hurmatini joyiga qo‘yish, ilm-ma’rifatli bo‘lish, Vatanni sevish xususida shunday ajoyib g‘oyalar va
ta’limotlarga boyki, ular o‘z ahamiyatiga ko‘ra umumbashariy qimmatga egadir.
Unda kundalik turmush
muammolari, odob-axloq, kiyinish, muomala, rasm-rusmlar, savdo-tijorat singari inson bolasi har kun duch
keladigan, jamiyatni yuksaltirishga ko‘maklashadigan masalalar ifodalangan
4
.
Bu qisqa ma’lumotlar Imom Buxoriyning bebaho asarlari haqida emas,
balki uni iqtidorli talaba, yuksak
saviyali ustoz, pokiza va oliyjanob inson sifatidagi qirralarini ochib beradi. Uning bunday bebaho xislatlari
dunyoda buyuk alloma sifatida shakllanishiga zamin bo‘lib xizmat qilgan bo‘lib, zamonamizning bugungi
kundagi yoshlariga ibrat vazifasini o‘taydi.
Manbalarda Al-Hakim at-Termiziy (820-932) oilasi haqida bir qancha ma’lumotlar uchraydi. Uning
onasi va bobosi hadis ilmining yеtuk bilimdonlari hisoblangan. Otasi Ali ibn al-Hasan esa o‘z davrida hadis
ilmining taniqli olimlaridan biri bo‘lib, Hakim at-Termiziy: “Alloh taolo mening ustozim-volidimdan judo
qilganda men sakkiz yoshda edim. Uning sa’y-harakatlari bois men ilm olishga shunday berilib ketgandimki,
kitob mutolaa qilish men uchun asosiy mashg‘ulot bo‘lib qolgan edi. Vaholanki, mening tengqurlarim
o‘yin-kulgu va vaqtixushlik bilan band bo‘lar edilar. Volidimning ijtihodlari tufayli men shu yoshimda “Ilm
al-osor”(hadis ilmi) va “Ilm ar-ray” (xanafiy mazhabi fiqhi) bilimlarini to‘liq egallab olgan edim”
5
, – degan
so‘zlari uning ilm cho‘qqilarini egallashda otasining o‘rni qay darajada ekanligidan dalolat beradi.
2
Арапбаева Д.К., Арапбаева В.К. Шарқ мутафаккирларининг оила ва тарбия ҳақидаги қарашлари. Журнал Замонавий
таълим. 2015. №7., – Б. 66.
3
Уватов У. Имом ал-Бухорий. Буюк юрт алломалари. – Тошкент, 2016. – Б. 13-14.
4
Ҳадисларда одоб-ахлоқ масалалари ва уларнинг бугунги таълим-тарбиядаги ўрни. https://kzref.org/kategoriya-
pedagogika.
5
Уватов У. Ал-Ҳаким ат-Термизий. Буюк юрт алломалари. – Тошкент. 2016. – Б. 53