Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
178
bo‘shligi, fikr faqirligi, ruh qaramligi, iroda va qobiliyat sustligi, loqaydlik, boqimandalik, axloqiy kemtiklik, 
mantiqiy bilimsizlik, tanqidiy mulohaza, burch va mas’uliyatni chuqur his qilmaslik kabi salbiy illatlarni 
oz bo‘lsada uchratish mumkin.
Falsafiy dunyoqarash tarkibida hissiyot va aql muhim o‘rin tutadi. Hissiyot dunyoqarashning emotsional-
ruhiy jihati bo‘lib, dunyoni tushunish esa, dunyoqarashning aqliy shaklidir. Hissiyot quvonch, shodlik, 
zavqlanish, hayot va kasb-kordan mamnunlik yoki norozilik, xavotirlanish, asabiylashish, yolg‘izlik, zaiflik, 
ruhiy tushkunlik, g‘am-g‘ussa, nadomat, o‘z yaqinlari va vatani taqdirini o‘ylash kabi xilma-xil shakllarda 
namoyon bo‘ladi. Ana shular barchasining uyg‘unligi dunyoni his etishga olib keladi. Dunyoni his qilish esa, 
uni aqliy tushunishga, muayyan dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘ladi. Har bir kishiga xos hissiyot 
va fikr, bilim va e’tiqod, intilish va kayfiyat, orzu-umid va qadriyatlar dunyokarash tarkibida yaxlitlashadi 
va olamni bir butun holda aks ettiradi. Bir butun, yaxlit dunyoqarashning shakllanishi bolalikdan boshlanib, 
inson hayotining oxirigacha davom etadi. Bu holat individual dunyoqarashning asosiy tamoyillaridan birini 
ifodalaydi. 
Falsafiy dunyoqarashning shakllanishida bilim g‘oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bilimda 
dunyoqarashning barcha belgilari mavjud. Bilim va dunyoqarash, aynan, bir narsa emas. Olamni tushunish 
bilimlar paydo bo‘lishi uchun asosdir. Bilim inson ongida hissiy va aqliy bilish jarayonida hosil bo‘ladi, 
u dunyoqarashning asosi, uning uzviy qismidir. Bilim muayyan sharoitda biror-bir hodisa yoki narsani 
baholashda qo‘l keladi va aynan, ana shu jarayonda dunyoqarashga aylanadi. Bunday baho berish jarayonida 
mudom muayyan manfaatlar asos qilib olinadi. Shuning uchun ham ijtimoiy dunyoqarash turli ijtimoiy 
guruhlar manfaatlarini ifoda etadi, gohida ularni amalga oshirish uchun kurash maydoni bo‘lib qoladi. Bu 
borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev
 
“Dunyoqarashni – ilm, daromad, manfaat o‘zgartiradi”, – deb aytgan 
so‘zlari fikrimiz tasdig‘i deyish mumkin. Biror partiya yoki guruh o‘z maqsadlariga yetishish yo‘lida butun 
jamiyat uchun xos bo‘lgan umumiy ijtimoiy dunyoqarash tarkibida ko‘prok va salmoqliroq joy egallashga 
yoki uni o‘z manfaatlari foydasiga o‘zgartirishga harakat qiladi. Umuman, hayotda maqsadga erishishning 
eng oson va qulay yo‘li o‘zgalar dunyoqarashini jamiyat foydasiga o‘zgartira olishdir. 
Falsafiy dunyoqarashga ega bo‘lgan odamlar hayotining asosiy maqsadini o‘z xalqi va umuminsoniyatning 
ozodligi va farovonligi uchun olib boriladigan kurash bilan bog‘laydilar. Masalan, Zardo‘sht (er.av. VI asrda 
yashagan), Muhammad ibn Abdulloh (570-632), Alisher Navoiy (1441-1501), Moxandas Karamchand Gandi 
(1869-1949), Ibrohim Mo‘minov (1908-1974), I.A.Karimov (1938-2016) va shu kabi buyuk insonlarning 
dunyoqarashi gumanistik xarakterga ega bo‘lgan. Bugungi kunda falsafiy tafakkurning yangilanishi 
nafaqat umumiy ma’naviy muhitning, balki har bir jamiyat a’zosining ijtimoiy qiyofasi, ruhiy dunyosi, 
maqsad va ehtiyojlarining o‘zgarishi hamdir. Kelajak insonini tarbiyalashda biz, avvalo, jamiyat taraqqiyoti 
tendensiyalarini va ayni paytda 

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin