Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Annotation

The article gives an idea of the current state of the family institution, the factors influencing 
it, the formation of a prosperous family, works with dysfunctional families, the role of legal culture in the 
formation of a prosperous family model in society, as well as the importance of legal education in the family.
Keywords:
family institution, prosperous family, dysfunctional family, legal culture, legal awareness, 
legal norm, moral norms, duty, responsibility.
Jahon miqyosidagi zamonaviy tendensiyalar: globallashuv, iqtisodiy integratsiya, davlatlar 
o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha tafovutlarning yanada chuqurlashuvi, axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarining taraqqiy etishi va global Internet tarmog‘ining keng quloch yoyishi, tashqi mehnat 
migratsiyasi jarayonlarining kuchayishi, noan’anaviy oila-nikoh munosabatlariga huquqiy maqom berishga 
urinishlar kundan kunga oila institutini xavf ostiga qo‘yib kelmoqda.
Oila – murakkab ijtimoiy-madaniy hodisa hisoblanib, ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning 
davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadigan ijtimoiy makondir. Oila erkak va ayol o‘rtasidagi rasmiy nikohga asoslangan, ota-ona va 
farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topgan ijtimoiy institut hisoblanadi. 
Fan doirasida oilaga berilgan ko‘plab ta’riflarga duch kelamiz, olimlar tomonidan oilaning turli 
mezonlar bo‘yicha tasniflanishiga bo‘lgan urinishlarning guvohi bo‘lamiz. Dunyo miqyosidagi zamonaviy 
tendensiyalarning ta’siri ostida oila institutining shakli va turlari o‘zgarib, yangicha mazmunga ega bo‘lishi 
bilan bir qatorda, an’anaviy oila shaklini saqlab qolishga bo‘lgan sa’y-harakatlar ko‘zga tashlanishi bilan 
farovon oila tushunchasini jamiyatda qaror topishi yo‘lidagi chora tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Shu nuqtayi nazardan, farovon oila va farovon bo‘lmagan, funksional va disfunksional, notinch hamda 
nosog‘lom muhit hukmron bo‘lgan oila o‘rtasidagi farqlar nimalardan iborat degan savol barchani qiziqtirishi 
tabiiy, albatta. 
Farovon oila – er-xotinning bir-biriga va farzandlarga nisbatan o‘zaro majburiyatlari to‘la va aniq 
bajariladigan, jamiyatning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan, o‘zini o‘zi moddiy 
jihatdan ta’minlay oladigan, insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazib beradigan va uni rivojlantiradigan 
bir vaqtning o‘zida ham birlamchi ijtimoiy guruh, ham ijtimoiy institutdir. Farovon oila tushunchasi oila 
a’zolarining yetarli darajada qondiradigan ish, daromad, uy-joyga ega bo‘lishi hamda reproduktiv, tibbiy, 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin