1-kun: Xotirani rivojlantiruvchi o’yinlar va mashqlar asosida mashg’ulot ishlanmasini yaratish. Bizga ma’lumki, bolalarga ta’lim berishda ularning bilish tizimi va xotirasini rivojlantiradigan o’yinlar va mashg’ulotlardan foydalanish kata ahamiyatga ega.shu bilan birga dars jarayonida turli xil mashq va o’yinlardan foydalanish darsning qiziqarli bo’lishini ta’minlaydi.
Bugungi mavzuxotirani rivojlantiruvchi mashqlar ekan. Keling xotirani rivojlantirish, mustahkamlovchi mashqlardan bir nechtasini ko’rib chiqsak. O’yinlaring asosiy qismi ingliz tilini o’rgatishga doir bo’ladi.
“Meni to’g’ri top” o’yini bo’ladi. Bu o’yin Ingliz tili alifbosini to’g’ri va tez o’rgatishning eng samarali usuli hisoblanadi. Ya’ni dastlab bolalarga ingliz tili alifbosi o’rgatiladi. Shundan so’ng o’qituvchi chiroyli chizilgan rasmga ( o’qituvchidan kirativliktalab etiladi) alifbo harflarini yashirib chiqadi. Bolalarni kichik guruhlarga bo’lib, ularni bu alifbo harflarini to’g’ri va tez topishga undaladi. G’olib bo’lgan jamoani “ Topqir bolajon” ko’krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Bolalarni rag’batlantirishda bahodan ko’ra turli naminatsiyalardan foydalanilishi bolada bahoga bo’lgan qiziqishdan ko’ra harakatchanlikni va maqtovlarga intilishni oshiradi va bu kelajakda bolalarni faqat baho uchun o’qishlari kabi salbiy holatlarning kamayishiga, bilim darajasining oshishiga turtki bo’ladi.
“So’zni eslab qol”. Bu o’yin engliz tilidagi so’zlarni yaxshi eslab qolish uchun juda samarali hisoblanadi. Bu o’yin nafaqat bolalarga balki talabalar uchun ham keng qo’llaniladigan o’yin turidir.
O’yinda : barchaga bittadan engliz tilidagi sifat so’zlardan birini o’ylash vazifasi topshiriladi va 2 daqiqavaqt beriladi. 2 daqiqa o’tgach qator boshidan boshlab bolalar o’ylagan sifatlarini aytib chiqishadi. Aytib chiqish jarayonida ikkinchi bola birinchi bola aytgan so’zni ham aytib o’tadi. Uchunchi bola birinchi va ikkinchi bola aytgan so’zlarni ketma –ketlikda aytib o’tadi.
Bola “ beautiful”
O’yin shu tarzda davom etadi va bolalardan so’zlarni eslab qolish hamda ularning ketma ketligini buzmagan holda aytish talab etiladi. So’zlarni eslab qololmagan va ketma – ketligini buzgan bolalar o’yindan chiqarib yuboriladi. Oxirida qolgan bitta bola g’olib deb topilib, “Balli bolajon” ko’krak nishoni beriladi.
“Rasmli xotira ” o’yini. Bu o’yin asosan matematika fani doirasida qo’llaniladi. Boshqa fanlarda qo’llash ham yaxshi samara beradi.
O’yinning asosiy shart barcha raqamlarni, so’zlarni, sanalarni, atamalarni rasmlar asosida eslab qolishdir.
Misol uchun: Amir Temur 1336 yil tug’ilgan. Bu ma’lumotni quyidagicha eslab qolishimiz mumkin : Amir Temur saroyi derazasidagi 1guldonda 33 ta qizil atirgul, 6 ta oq atirgul bor edi.( Bu shunchaki tasvirlash).
« Ishonarli tarix ». O‘yin o‘quvchilar xotirasini mustahkamlashga va ijodiy fikrlashga qaratilgan. Bunda ular keltirilgan tarixiy voqeani diqqat bilan o‘rganib chiqib, to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlashlari kerak bo‘ladi. Misol:
a) Microsoft firmasining asoschilari Bill Geyts va Pol Allen dastur tuzish uchun dastlabki buyurtmani olganlarida endigina 9-sinf o‘quvchilari bo‘lib, o‘zlarining yoshlarini sir tutishga majbur bo‘lganlar. Shu to‘g‘rimi? (Ha).
b) Bill Geyts va Pol Allen «Altair» mashinasi uchun Beysik interpretatorini aynan o‘zlari yozganlar va uni barcha «Altair» foydalanuvchilari uchun bepul tarqatganlar. Shu to‘g‘rimi? (Yo‘q).
s) Mark Sukenburg 2004-yil 4-fevralda «The Facebook» nomli saytini tashkil etadi. 2010-yilda u «Eng yosh milliarder» nomiga sazovor bo‘ladi. Shu rostmi?(Ha).
O‘yin turli yoshdagi bolalar faoliyatini rivojlantirishning mustaqil shakli hisoblanadi.
O‘yinlar ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash faolligini oshirishdagi eng erkin shakldir.
O‘yin rivojlantiruvchi amaliyot, sababi: bolalar o‘ynaganlari uchun rivojlanadilar, rivojlanish uchun o‘ynaydilar.
O‘yin o‘z-o‘zini anglashda, o‘z-o‘zini boshqarishda aql va ijodda erkinlikdir.
O‘yinda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotga qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar, hodisalar va fanning mavjud xususiyatlarini tushuntirish uchun savollarni aniq ifodalay boshlaydilar.
O‘yinda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon eta va himoya qila oladilar.
O‘yin bolalarning asosiy muloqot maydoni bo‘lib, unda o‘zaro shaxsiy muammolar hal etiladi. Insonlar orasidagi o‘zaro munosabatlar shakllanadi.
Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda biz bolani jismoniy jihatdan o‘stiruvchi oddiy o‘yinlardan tortib, kattalar orasida ham mashhur bo‘lgan intellektual o‘yinlardan iborat bir qancha o‘yinlar «ombori»ga egamiz. Barcha o‘yinlarda o‘yinchi o‘yin shartlarini tezda o‘zlashtiradi va o‘ziga belgilangan vazifani qabul qiladi. O‘yin qoidalarini bajarish jarayonida o‘yinchi o‘zining maqbul qarorlarini o‘yindagi muammolarni hal qilishda erkin qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘yindagi musobaqa esa shaxsiy sifatning tinmay yaxshilanib borishiga sabab bo‘ladi. Zamonaviy axborot texnologiyasini yaxshi bilgan va undan to‘g‘ri maqsadlarda foydalana olgan o‘quvchigina kelajakda o‘z qobiliyatlarini takomillashtirishi, kasbiy faoliyatida to‘g‘ri foydalana olishi va albatta komil inson sifatida shakllanishi mumkin.
2-kun: Telivizion dars jarayonlari tahlili.
Dunyo bo’ylab tarqalgan va mamlakatimizga ham kirib kelgan so’g’lig’imiz va hayotimiz kushandasi bo’lmish, nomi ham xunik kasallik tarqalishi natijasida karantin e’lon qilindi. Buning natijasida barcha o’quv muassasalari yopildi. Shu jumladan maktablar ham. Ammo ta’lim berish to’xtab qolmadi. Mamlakatimizda tez sur’atlarda telivizion darslar va masofaviy ta’lim tashkil qilindi va bolalarni ta’lim jaroyoniga to’laqonli qatnashishga jalb qilindi.
Biz ham o’z ta’lim shaklimiz bilan birga amaliyot dasturimizni ham o’zgartirdik. Ya’ni sinf darslari tahlili o’rniga telivizion darslar tahlil qila boshladik.
Bu haftalik vazifadan kelib chiqib 6 soatlik dars tahlil yozdim ( darslarni online darslar boshlangandan beri kuzatib boraman). Darslar turli fanlar va sinflar doirasidadir.