4-kun: O’smirlar xulqi deviansiyasini korreksiyalash bo’yicha seminar-trening ishlanmasi: 1. Trening mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi
O’quv soati: 2 soat
Ishtirokchilar soni: 20 ta
O’quv mashg’uloti shakli: Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo’yicha Seminar ish.
Seminar mashg’ulot tuzilishi:
1. Mavzu mazmuniga kirish:
- O’smirlik davri; O’smirdagi asosiy psixologik o’zgarishlar;
- O’smirlarning tarbiyasi qiyinchilik xususiyatlari va uning kelib chiqish sabablari.
- Tarbiyasi qiyin o’smirlar tipologiyasi;
2. O’smirlar xulqi deviansiyasini korreksiyalash mavzusini guruhlarda o’zaro o’rganish:
- davr rivojlanishi
- maqsad va vazifa.
- milliy dastur
- yosh davrlar psixologiyasi.
- deviantlik tasnifi.
3. Natijalar taqdimoti, muhokama va baholash.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: O’smirlik davri psixologiyasi va o’smirdagi deviant xulq haqidagi tasavvurlarini kengaytirish va chuqurlashtirish.
Pedagogik vazifalar:
O’smirlar xulqi deviansiyasini korreksiyalash doir bilimlarni rivojlanishi to’g’risidagi tushunchalarini kengaytirish
Deviant xulq haqida ma’lumotlarni tizimlashtirish
Natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o’rgatish.
Ta’lim usullari:
Kichik ma’ruza, tezkor so’rov, namoyish etish, suhbat, Seminar ish, taqdimot.
Ta’lim vositalari:
Tayanch matn, o’quv qo’llanmalar, ekspert topshiriqlar, slaydlar, markerlar, skotch
O’qitish shakllari: ommaviy, guruhli.
O’qitish shart-sharoiti:
Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo’ljallangan auditoriya
Monitoring va baholash.
Savol-javob.
1. “ O’smirlar xulqi deviansiyasini korreksiyalash” mavzusi bo’yicha seminar trening mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi.
F a o l i ya t m a z m u n i
Trener talaba:
Mavzuni aniqlaydi, maqsadni belgilaydi va o’quv natijalarini rejalashtiradi.
Mavzu bo’yicha ko’rgazmali materiallar tayyorlaydi. Ekspert varaqlarini ishlab chiqadi. Guruhlar uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi.