Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Huquqiy tarbiya –
insonning o‘z haq-huquqini anglashi, undan foydalanishi, burchga rioya etishi, 
o‘zgalar huquqini tan olishi va hurmat qilishi. Imkoniyati cheklangan bolalar huquqiy tarbiyaga oid 
quyidagilarni, ya’ni: 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis, Prezident administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, 
Oliy Majlis Qonunc
hilik palatasi va boshqa davlat boshqaruv organlarining mohiyati va ahamiyati;
– huquqiy maqomlarning kishilar kundalik hayotida kerakligi;


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
182
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunlari hamda Bolalar huquqlariga oid 
hujjatlarning nomlari va ularning mohiyatiga oid ma’lumotlarni o‘zlashtirgan bo‘lishlari lozim.
Ekologik tarbiya 
insonning tabiatni asrashi va o‘zini uning bir bo‘lagi sifatida tushunishi, salomatligini 
muhofaza qilishi, mavsumiy o‘zgarishlarga mos yashash qoidalariga rioya etishidir. 
Iqtisodiy tarbiya –
insonning moddiy ehtiyoji va imkoniyatlari orasidagi tafovutni tushuna olishi, yaqin 
va uzoq kelajakka sarf va kirim rejalarini tuza olishi, oilaviy budjetni shakllantirishi, farovon hayot, obod 
turmush qoidalariga rioya etishi. Bu tarbiya hozirgi kunda dolzarb masalalarni hal etishda o‘zini namoyon 
etmoqda. 
Gigiyenik tarbiya –
insonning o‘z tanasini “eshita olishi” – toza yurish, vaqtida ovqatlanish, dam olish 
va me’yorida mehnat qilishi.
jinsiy tarbiya –
insonning boshqa jinsga bo‘lgan qiziqishi, u haqida bilishga intilishini me’yorda 
saqlay olishi. Bu tarbiya yo‘nalishi bo‘yicha maxsus ta’lim muassasalarida o‘g‘il va qiz bolalar bilan alohida 
vaziyatlarda davra suxbatlari, debatlar va boshqa turdagi tadbirlar uyushtirilishi lozim. Ushbu tarbiya 
masalalari yuqori sinf o‘quvchilari bilan olib boriladi. Asosan, “Odam savdosiga qarshi kurash”, “Qiz va 
yigit munosabatlari”, “Oilaviy hayotga tayyorlanish” mavzularida davra suhbatlari uyushtirish tavsiya etiladi.

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin