Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə241/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
197
Ayrim tadq
iqotchilar nisbatan shunga yaqin qarashlarni ilgari surgan. Jumladan, Sh.A.Ganiyevning 
ta’kidlashicha, axloqiy huquqbuzarliklar profilaktikasi quyidagicha: 
1) umumiy profilaktika
2) maxsus profilaktika; 
3) individual profilaktika
125
.
Biroq yuqoridagi qonun normalarida ham, ilmiy-nazariy adabiyotlarda ham huquqbuzarliklar profilaktikasi 
qanday mezonlarga ko‘ra turlarga tasniflanishi aniqlashtirilmagan.
Qayd etish joizki, S.B.Xo‘jaqulovning falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishida huquqbuzarliklar 
profilaktikasini profilaktik ta’sir ko‘rsatish obyektlarining xususiyati bo‘yicha kriminologik va viktimologik 
profilaktikaga ajratish asoslangan
126
.
Biz ham ushbu yondashuvga qo‘shilamiz. Boisi profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga 
oshirish faoliyati jinoyat sodir etilishining oldini olish (
kriminologik profilaktika
)ga (bunda profilaktik 
ta’sir ko‘rsatish obyekti jinoyat sodir etishga moyil shaxslar bo‘ladi) yoki jinoyatdan jabrlanishning oldini 
olish (
viktimologik profilaktika
)ga (bunda profilaktik ta’sir ko‘rsatish obyekti jinoyatdan jabrlanish ehtimoli 
yuqori shaxslar bo‘ladi) yo‘naltiriladi.
Shu o‘rinda huquqbuzarliklar profilaktikasi obyektlarining mazmun-mohiyatiga qisqacha to‘xtalib 
o‘tamiz. “Profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari yo‘naltirilgan salbiy hodisa va jarayonlar hamda shaxslar 
huquqbuzarliklar profilaktikasining obyektlari hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi obyektlari: 
a) profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari yo‘naltirilgan salbiy hodisa va jarayonlarga ko‘ra: 
a) g‘ayriijtimoiy xulq-atvor, huquqbuzarlik, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari va ularga 
imkon berayotgan shart-sharoitlarga; 
b) profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari yo‘naltirilgan shaxslar doirasiga ko‘ra: fuqarolar, 
g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan, ilgari sudlangan va ozodlikdan 
mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar, 
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilar, huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli holatida bo‘lgan shaxslarga 
tasniflanadi”
127
.
Tadqiq qilinayotgan masalalar nuqtayi nazaridan keltirilgan fikrlarni umumlashtirib, shunday xulosaga 
kelish mumkin:
1) yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi quyidagi mezon asosida turlarga ajratiladi: “
profilaktik 
ta’sir ko‘rsatish obyektlarining xususiyati bo‘yicha
”;
2) profilaktik ta’sir ko‘rsatish obyektlarining xususiyati bo‘yicha yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar 
profilaktikasi 
kriminologik va viktimologik profilaktikaga
ajratiladi.
Endi yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kriminologik profilaktikasi tushunchasining mazmun-
mohiyatiga to‘xtalib o‘tamiz. 
Milliy qonunchilikda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar kriminologik profilaktikasi tushunchasining 
mazmun-mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi qator ta’riflar keltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston 
Respublikasining “Voyaga yеtmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi 
to‘g‘risida”gi 2010-yil 29-sentabrdagi qonuniga muvofiq, 
voyaga y
е
tmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va 
huquqbuzarliklarning profilaktikasi
– voyaga yеtmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan 
huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va 
shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan, yakka tartibdagi profilaktika ishi bilan birgalikda 
amalga oshiriladigan ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi (3-m.); 
yakka tartibdagi 
profilaktika ishi
– ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yеtmaganlar va oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, 
shuningdek, ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yеtmaganlarning huquqbuzarliklar 
yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyatdir (3-modda).
125
Ганиев Ш.А. Ахлоққа қарши ҳуқуқбузарликлар учун маъмурий жавобгарликни такомиллаштириш: Докторлик 
диссертацияси. – Tошкент, 2016. – Б. 198.
126
Хўжақулов С.Б. Ҳуқуқбузарликлар умумий профилактикасини такомиллаштириш (ички ишлар органлари фаолияти 
мисолида): Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Tошкент, 2018. – Б. 7-20.
127
Хўжақулов С.Б. Ҳуқуқбузарликлар умумий профилактикасини такомиллаштириш (ички ишлар органлари фаолияти 
мисолида): Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати. – Тошкент, 2018. – Б. 20.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin