Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
204
huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini samarali tashkil etish, ularning miqdorini minimal darajagacha 
tushirish va salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun, eng avvalo, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni 
shakllantirish, oila-turmush doirasidagi jinoyatchilikning sabablari va ularga imkon bergan shart-sharoitlarni 
o‘z vaqtida aniqlash, o‘rganish va tahlil qilish, ularni oziqlantiradigan, ko‘payishini ta’minlaydigan omillarni 
aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Zero, oiladagi ijtimoiy-ruhiy muhitning 
sog‘lom bo‘lishiga erishish, uning ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom bo‘lishini ta’minlash jamiyatning 
ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi. 
Oilada voyaga yеtmaganlarning shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillar
 
juda ham rang-barang bo‘lib, 
ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. 
Mazkur muammoni tahlil qilish va o‘rganishni quyidagi uchta yo‘nalishda tadqiq etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Birinchi yo‘nalish 
– 
oilada nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit.
 
Oiladagi zo‘ravonlik va u bilan bog‘liq 
huquqbuzarliklar, eng avvalo, oiladagi nosog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitning mavjudligi bilan taqozo etiladi. 
Kriminolog olimlarning ta’kidlashicha, oiladagi muhitga xos bo‘lgan shart-sharoitlar orasida oilada 
shaxs shakllanadigan muhit katta ahamiyat kasb etadi. Rossiyalik olim Y.M.Antonyanning fikricha, oiladagi 
nizolarning asosiy sabablaridan biri ota-onaning farzandga mehr qo‘ymaganligi, ularning tarbiyasiga 
e’tiborsizligidir. Shaxsning bolalikda mehr-muruvvatdan mahrum qilinishi uning ruhiyatida bezovtalik, 
qo‘rqinch, nafrat kabi hissiyotlarni shakllantiradi. Bu hissiyotlar ongsiz ravishda qayd etib boriladi va 
murosasiz xulq-atvorning, jumladan, uning eng ashaddiy ko‘rinishi – oilada zo‘ravonlikning paydo bo‘lishiga 
olib keladi
128

Agar oilada ma’naviy-axloqiy muhit nosog‘lom bo‘lib, er-xotin va boshqa oila a’zolari o‘rtasida mehr-
oqibat, bir-birini mensimaslik, qo‘pollik, hurmatsizlik mavjud bo‘lsa, bunday oilalarda nizolar tez-tez kelib 
chiqadi. Har qanday voqea-hodisaning, shu jumladan, jinoyatlarning sodir etilishida kriminogen omillarning 
ta’sir etishi muayyan oqibatning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. 
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilada nizolarning kelib chiqishida er-xotin munosabatining samimiy 
emasligi, oila-turmush sharoitida yuzaga keladigan muammolarga yuzaki qarash, bola tarbiyasidagi beparvolik
qaynona-kelin o‘rtasidagi g‘ayriijtimoiy munosabatlar, bir-birini tushunish kabi insoniy xislatlarning yo‘qligi 
kriminogen omillardan biri hisoblanadi. 
Professor I.Ismailov to‘g‘ri ta’kidlaganidek, oiladagi nosog‘lom vaziyat, urush-janjal oila a’zolari 
o‘rtasida g‘ayriijtimoiy nosog‘lom munosabatlarning va shaxs salbiy-ma’naviy shakllanishining asosiy 
manbayi bo‘lib hisoblanadi
129

Agar oilada oilaviy munosabatlar yеtarli darajada bo‘lmasa yoki shakllanmagan bo‘lsa, unda turli 
muammolar va nizolar vujudga keladi. Ma’lumki, oila-turmush munosabatlari har doim ham bir maromda 
bo‘lavermaydi. 
Uy-ro‘zg‘or yumushlarini bajarish, er-xotin va oila a’zolari o‘zlarining burchi, ota-onaning 
farzandlar oldidagi majburiyati hamda farzandlarning kattalar oldidagi burchlarini ado etish jarayonida 
oilaviy munosabatlar muhim o‘rin egallaydi.
Ayrim hollarda ularning fikr va qarashlaridagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchilik va 
anglashilmovchilik hamda shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘lib, oilada turli ko‘rinishdagi nizolarni 
keltirib chiqaradi. Zero, oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun, avvalo, har qaysi 
xonadondagi ma’naviy-ruhiy muhitni o‘zaro hurmat, odob-axloq, insoniy munosabatlar asosiga qurish 
ayni muddaodir. 
Oila-turmush munosabatlari doirasida zo‘rlik ishlatishga ko‘p hollarda oilaviy-maishiy nizolar sabab 
bo‘lib, bu ularning bir-biriga nisbatan tan jarohati yеtkazish, haqorat qilish, qiynash, xavf ostida qoldirishga, 
ba’zida esa qasddan odam o‘ldirishgacha ham olib kelishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 
oiladagi ushbu qilmishlarning sodir etilishiga olib keluvchi asosiy omil – bu oiladagi nosog‘lom muhitning 
oqibati. Oiladagi muhitning ta’siri bolalar tarbiyasining buzilishiga, ularning kattalarga taqlid qilishiga olib 
keladi. 
128
Антонян Ю.М. Причины преступного поведения. – Москва, 1992. – С. 114.
129
Исмаилов И. Уюшган жиноий тузилмалар фаолиятининг олдини олишни назарий ва ташкилий-ҳуқуқий таъминлаш: 
Юрид. фан. док-ри. дисс... – Тошкент, 2006. – Б. 160.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin