Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
206
Oilada bolaning ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan ana shu davrda 
uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Xalqimizning 
“Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, degan dono maqoli, o‘ylaymanki, mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks 
ettiradi.
Bizningcha, ushbu jinoyatni keltirib chiqargan sabab va sharoit sifatida oilada bola tarbiyasida yo‘l 
qo‘yilgan xatolikni ko‘rsatish mumkin. Chunki har qanday holatda ota yoki onaga farzandning munosabati bir 
xil bo‘lishi lozimligi o‘zbek oilalarida shakllantiriladigan asosiy jihatdir. Bu borada A.Avloniy ta’kidlaganidek: 
“Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidur”
136

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirib 
shunday deydi: “Biz bir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz lozim: ota-ona, jamiyat e’tiboridan chetda 
qolgan bola oilaga quvonch va foyda o‘rniga faqat tashvish keltiradi. Shu bois bola tarbiyasi, yoshlar bilan 
ishlash biz uchun eng muhim va dolzarb vazifa bo‘lib qolishi shart”
137

Oiladagi tarbiyada, eng avvalo, ota-ona tarbiyasi, so‘ngra bolalar tarbiyasi muhim o‘rin tutadi
138
. Bundan 
shunday xulosa kelib chiqadiki, oilada tarbiya masalasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tuzatib bo‘lmas 
salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. 
Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, oilada ma’naviy-axloqiy tarbiyaning zaifligi yoki sustligi, 
birinchidan, 
ota yoki onaning ma’naviy-axloqiy tarbiyasining pastligi bilan bog‘liq ekanligi
ikkinchidan, 
uning oilada o‘sib kelayotgan voyaga yеtmaganlar xulq-atvorida salbiy xususiyatlarning shakllanishiga 
olib kelishi, 
uchinchidan,
oilada nizoli kriminogen vaziyatlarni keltirib chiqarishi, 
to‘rtinchidan,
oilada oila 
a’zolari o‘rtasida salbiy munosabatlarning yuzaga kelishiga o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi.
Uchinchi yo‘nalish 
– 
oila a’zosi (a’zolari)da mavjud bo‘lgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvor.
 
Hayot tajribasi 
va kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, oilada sodir etilgan har qanday g‘ayriijtimoiy salbiy oqibatlar, balki 
har qanday jinoyatlarning sodir etilishida shaxsning salbiy xulq-atvori sabab bo‘ladi. Ayniqsa, ota-onaning 
salbiy-ma’naviy axloqi oila muhiti va farzandlar tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada g‘ayriijtimoiy 
salbiy xulq-atvor mavjud bo‘lsa, u yеrda salbiy xususiyatlarning shakllanish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi
139

G‘ayriijtimoiy salbiy xulq-atvor shaxsning xulq-atvori va qonun talablari o‘rtasida muttasil ravishda 
keskinlashib boruvchi va ochiq-oydin nizoga aylanuvchi har xil qarama-qarshiliklar asosida vujudga keladi 
va rivojlanadi. Zero, jinoyatchi shaxsining shakllanishiga axloqqa zid va g‘ayriqonuniy harakatlarning 
takrorlanib turishi ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi
140
.
Shaxsga qarshi zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatchi shaxs va jabrlanuvchi shaxsiyatini qiyosiy 
tahlil qilib, axloqiy psixologik ziddiyatlar jinoyatchi shaxsining shakllanishiga zamin yaratishi mumkin
141

Shaxsdagi g‘ayriijtimoiy axloqqa zid ma’naviy-ruhiy xususiyatlar kriminogen vaziyatlarning kelib chiqishiga 
turtki bo‘lib, jabrlanuvchining xulqi bilan bog‘liq bo‘ladi. Aynan jabrlanuvchining salbiy xulq-atvori ko‘pincha 
oilaviy nizolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Shaxsdagi salbiy xulq-atvor ko‘pincha bir shaxsning ikkinchi bir shaxsga nisbatan jismoniy kuch 
ishlatishiga olib keladi
142
. Shaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarning pastligi ham ko‘pincha oiladagi 
nizolarning kelib chiqishiga hamda uning hayoti va sog‘lig‘i uchun muhim bo‘lgan huquqbuzarliklarning 
sodir etilishigacha olib kelgan. 
136
Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2-жилд. – Тошкент, 2006. – Б. 38.
137
Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб ҳалқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент, 2017. – Б. 135.
138
Эсанова З. Оила, оналик ва болаликни муҳофаза қилишнинг ҳуқуқий асослари: Ўзбекистонда оила, оналик ва 
болаликни муҳофаза қилишнинг концептуал масалалари // Республика илмий-амалий конференция материаллари тўплами. 
– Тошкент: ТДЮУ, 2016. − Б. 8.
139
Ижтимоий жиҳатдан хавфли аҳволда бўлган оилалар билан ишлашда профилактика инспекторлари ва фуқароларнинг 
ўзини ўзи бошқариш органлари ҳузуридаги жамоат тузилмаларининг ўзаро ҳамкорлиги: Ўқув қўлланма / Р.Рахмонов, 
А.Муродов, С.Хўжақулов. – Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2014. – Б. 9. 
140
Ниёзова С.С. Шахсга қарши зўрлик ишлатиб содир этиладиган жиноятларнинг виктимологик профилактикаси. / 
Монография. – Тошкент: ТДЮУ, 2017. – Б. 89.
141
Котова Н.К. Виктимологические проблемы криминальной агрессии. – Астана, 2001. – С. 31.
142
Мирович С.М. Криминологическая типология личности корыстно-насильственных преступников // Вестник МГУ. 
–1991. №3. – С. 91.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin