“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 207 Oilada er-xotinning oilaviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlarining o‘zaro mos kelmasligi nizo yoki
ziddiyatlar kelib chiqishining asosiy sabablaridan biridir
143
. Ko‘pincha oiladagi zo‘ravonlikning zamirida
er yoki xotinning bir-birini hurmat qilmaslik, haqorat qilish, ustidan kulish, kamsitish, mensimaslik kabi
omillar jabrlanuvchida qasd yoki o‘ch olish niyatining shakllanishiga olib keladi. Aynan ushbu omillar
ta’sirida judayam ko‘p jinoyatlarning sodir etilishi kuzatiladi.
Tahlillarga asoslanib aytish mumkinki, shaxsning salbiy xulq-atvori oilada nosog‘lom muhitning
shakllanishiga, oila a’zolari o‘rtasida turli nizolarning kelib chiqishiga, shaxsning axloqsiz va tarbiyasiz
bo‘lishiga sabab bo‘lishi muqarrar. Qiziqarli tomoni shundaki, ushbu salbiy illatlar bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lib, biri ikkinchisini doimiy ravishda taqozo etadi.
Shunday ekan, oilada sog‘lom va ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish har bir ota-onaning burchi
bo‘lmog‘i darkor. Chunki oilada tarbiyalanayotgan bolaga ota yoki onaning xatti-harakati o‘zining xususiyatiga
qarab ijobiy yoki salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Oilada voyaga yеtmaganlarning shakllanishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish
uchun
quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:
birinchidan, oilada tarbiyalanayotgan voyaga yеtmaganlarni milliy
qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash;
ikkinchidan, farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanmaydigan
ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni aniqlash, ularni ro‘yxatga olish va ushbu toifadagi shaxslar
bilan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni kuchaytish;
uchinchidan, nosog‘lom turmush tarzi kechiruvchi oilalarda yashayotgan tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga yеtmaganlar bilan
ta’lim muassasasi va mahallalar kesimida muntazam ravishda nazorat ishlarini olib borish;
to‘rtinchidan, nosog‘lom oilada tarbiyalanayotgan voyaga yеtmaganlarga ma’naviy va ruhiy jihatdan yordam ko‘rsatish,
ayniqsa, tarbiyachi pedagog va psixologlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
beshinchidan, profilaktik hisobga olingan, ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan, ilgari sudlangan
voyaga yеtmaganlar bilan oila, mahalla va ta’lim muasasasalari bilan o‘zaro hamkorlikda profilaktik ishlarni
olib borish;
oltinchidan, voyaga yеtmaganlarni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qiluvchi shaxslar va
guruhlarni aniqlash, ular bilan operativ profilaktik ishlarni olib borish;
y е
ttinchidan, farzandlar tarbiyasi
uchun ota-ona yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida, ularning bu
sohada qonun va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarmaganligi uchun javobgarligini
kuchaytirish hamda uni ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish bugungi kunning dolzarb muammolaridan
biridir.