“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
213
marotaba 1966-yilda Yaponiyada ilmiy-texnik va iqtisodiy yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini yuritgan
bir guruh olimlarning ilmiy ma’ruzalarida qo‘llanilgan. Ma’ruzada axborotlashgan jamiyat o‘zida yuqori
sifatli axborotni mujassam etuvchi, uni saqlash, tarqatish va foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan
jamiyat sifatida aks etgan.
Axborotlashgan jamiyat mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi uchta asosiy ilmiy-nazariy yondashuv mavjud
bo‘lib, ularning birinchisini amerikalik olimlar F.Maxlup [1], M.Porat, D.Bell [2]larning ilmiy yondashuvlari
aks ettiradi. Ularning fikricha, axborotlashgan jamiyat mavjudligini asoslovchi mezon – bu axborotlashgan
(nomoddiy) sektorning YAIMdagi ulushidir. Ikkinchi ilmiy yondashuv “axborotlashgan portlash” nazariyasiga
asoslanadi. Bu nazariyaga muvofiq, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot
taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan axborotlashgan jamiyatni
shakllantiradi.
Bunday konsepsiya yapon olimlari T.Umesao [3], Y.Xayoshi [4] va Y.Ito [5]larning
ilmiy-tadqiqot
ishlarida yoritilgan. Uchinchi yondashuvga ko‘ra, axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri –
bu AKTning barcha sohalarda keng tarqalishidir. Bunday nazariya yеvropalik iqtisodchilar E.S.Daff, S.Nor
va A.Minkalarga tegishlidir [6]. Yaponiya axborotlashgan jamiyat instituti asoschisi va prezidenti Yonedzi
Ma’suda axborotlashgan jamiyatni quyidagicha ta’riflaydi: Kompyuter texnologiyalari va kommunikatsiya
vositalarining yaratilishi natijasida kirib kelgan axborotlashgan davr sanoatlashgan jamiyatga shunchaki
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ta’sir qilibgina qolmay, katta o‘zgarishlar natijasida tamomila yangi ko‘rinishdagi
inson jamiyatini yaratadi. Ana shu jamiyat axborotlashgan jamiyatdir [7].
D.Bell, O.Tofflerlar konsepsiyasiga muvofiq, axborotlashgan jamiyat postindustrial jamiyatning bir
ko‘rinishidir. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarini hisobga olib, ushbu konsepsiya tarafdorlari
axborotlashgan jamiyatni iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarida asosiy fenomen sektorlar hisoblangan: qishloq
xo‘jaligi, sanoat va xizmat tarmoqlaridan keyingi bosqichda shakllangan axborotlashgan tarmoqning vujudga
kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikricha, sanoatlashgan jamiyatning asosi kapital va mehnat hisoblansa,
axborotlashgan jamiyat negizida axborot va bilimlar yotadi.
Professor U.Martin axborotlashgan jamiyatni G‘arb mamlakatlarida
yuzaga kelgan rivojlangan
postindustrial jamiyat sifatida izohlaydi. Uning fikricha, axborotlashgan jamiyat shunday jamiyatki, aholi
turmush darajasi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari
ushbu jamiyatda axborotning
muhimlilik va undan keng foydalanish darajasiga bog‘liq. Bunday jamiyatda mehnat va dam olish shakllari,
ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa muhim tarmoqlar axborot va ilm sohasidagi erishilgan yutuqlarga bog‘liq
bo‘ladi [8].
Hozirgi zamon olimlarining
yondashuvlariga asoslanib, axborotlashgan jamiyatga ta’rif beradigan
bo‘lsak, ushbu jamiyat individlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda axborot almashinuvi
natijasida yuzaga
kelgan munosabatlar tizimidir. Bunday konsepsiyaga ko‘ra, axborot miqdorining oshishi axborotlashgan
jamiyat shakllanishi uchun zarur sharoit yaratadi, AKTning keng qo‘llanilishi obyektiv zaruriyat, iqtisodiyotda
nomoddiy ishlab chiqarish tarmog‘i ulushining oshishi – iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarish
natijasi
hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda axborot va uning “oliy” shakli ilmiy bilim davlat va korxona uchun
raqobatbardoshlik ustunliklarini yaratuvchi strategik resurs hisoblanadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1. Bozor munosabatlarining an’anaviy shakli o‘zgaradi. Ijodiy mehnatning keng tarqalishi, mahsulot
narxining unga sarflangan mehnat qiymati bilan emas, balki ushbu mahsulotning samaradorlik qiymati bilan
o‘lchanishiga olib keladi.
2. Bilim sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishining oshishi. Buning asosiy
sababi mahsulot ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik loyiha natijalaridan keng foydalanishdir.
3. Intellektual tovar va xizmatlar bozorining rivojlanishi. Mutaxassislarning baholashiga ko‘ra,
hozirda
intellektual tovar va xizmatlarning jahon bozori an’anaviy bozorlarga nisbatan 5 barobar tez o‘sib kelmoqda.
4. Axborotni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va foydalanish bilan bog‘liq faoliyat muhimliligining
oshishi. Ushbu faoliyatda muhim o‘rinni ta’lim egallaydi.
XX asrning 60-yillaridan boshlab ta’limga ajratilgan mablag‘lar miqdori iqtisodiyotning boshqa
tarmoqlariga ajratilgan mablag‘larga nisbatan oshib bormoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim davlat