“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami 215 fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon taʼlim va
tarbiya masalasi doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Bizning asrimizga kelib ham ushbu fikrlar o‘z
ahamiyatini yo‘qotmasdan axborotlashgan jamiyatimizda insonning oilada kamol topshiga bog‘liq bo‘lgan
barcha ijtimoiy-moddiy salbiy kamchiliklardan yoshlarni asrash asosiy vazifamiz bo‘lib kelmoqda.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etuvchi
omillarga bugun barcha internetdagi salbiy ko‘rinishda faollik qilivchi internet saytlari, turli xildagi ijtimoiy
tarmoqlarda faollik qiluvchi tarmoqlardan “Telegram, Instagram, Facebook, WhatsApp, Viber, Odnoklassniki,
Tik tok” kabi birqancha ijtimoiy tarmoqlar bo‘lib, bularning foyda va zarari tengdek tuyulsa-da, axborotning
aylanish tezligi, to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi noma’lum bo‘lgan axborotlar jamiyatimizdagi insonlarni, ayniqsa,
yoshlarimizni chalg‘itmoqda. Bu kabi tarmoqlar barchamizga kerak, ammo me’yor darajasini unitib
qo‘ymoqdamiz, bizlarni virtual olam o‘z domiga tortib ketayotgandek go‘yo.
“Bir o‘ylab ko‘raylik, dunyodagi rivojlangan davlatlar qanday qilib yuksak taraqqiyot va turmush
farovonligiga erishmoqda?
Eng avvalo, ilm-fan va taʼlimga qaratilgan ulkan eʼtibor tufayli emasmi? Shuning
uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, Yangi O‘zbekistonni yaratish
maqsadida barcha sohalar qatori taʼlim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda”
146
.
Jamiyatimiz uchun kerakli bo‘lgan yaxshi xulqlar:
diyonat, g‘ayrat, qanoat, shijoat;
ilm, sabr, intizom, vijdon;
vatanni sevish, ibrat, iffat;
hayo, idrok, viqor, itoat;
haqiqatparvarlik, xayrixohlik;
munislik, sadoqat, muhabbat va kechirimlilikdir.
Ushbu fazilatlarni jamiyatda yoshlarimiz tarbiyasida oiladan boshlamas ekanmiz, jamiyatimizda va
davlatimizda tobora axborot tizimlaridan keng foydalanayotgan, axborotlashgan jamiyatimizdagi zamonaviy
ta’limni rivojlantira olmaymiz.
Axborotlashgan jamiyatda insonning oilada shakllanishiga ijtimoiy-madaniy salbiy ta’sir etadigan
omillarning oldini oluvchi ilmiy-amaliy asoslaridan yana bir omili sifatida yaxshi xulqlarni tarbiya bilan qo‘lga
kiritishimiz uchun oilada ota-on
a, jamiyatda muallim ustozlarimizning hikmatli nasihatlarini jon qulog‘i bilan
tinglovchi, doim xotirasida saqlovchi, axloqi yaxshi kishilar bilan do‘stlashmoqligi, axloqi buzuq yomon
kishilardan yiroq yurmoqlik kabi barcha sifatlarni oiladagi tarbiya bilan zamonaviy ta’limni bog‘lashimiz
kerak. Buning uchun, avvalo, ta’lim va tarbiyani, dastlab, oiladan boshlanishini esdan chiqarmaslik kerak.
Bugungi kundagi barcha yoshlarimiz deyarli har kuni internetdan foydalanishadi, kinofilmlar, musiqalarni
tinglaydi, turli ma’lumotlar qidiradi, global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelayotganidan dalolat
beradi. Internet nima ekanligini bilmaydigan insonni topish juda qiyin. Butun dunyo bo‘ylab millionlab, balki
milliardlab odamlar internetdan, hatto televizorga nisbatan ham ko‘proq foydalanadi. Kelajakda ko‘pchilik
uchun internet tirikchilik qilish manbayiga aylanib boradi.
“1980-yilda hech kimning xayoliga ham kelmagan, bugun “Internet” deb ataluvchi HTML protokoli,
aslida yadroviy mavzular tadqiqotlarining natijalaridir. Dunyodagi birinchi internet sayti 1990-yilda
yaratilgan”
147
. Bu – internet, deb ataluvchi dastur hozirda dunyoni qamrab olganligi ayni haqiqat.
Aniqrog‘i, brauzer nima va uni qanday o‘rnatish kerakligi hamda shunga o‘xshash boshqa foydali
ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi oddiy bir sahifa bo‘lgan, xolos. Dastlab, hujjatlar almashish usuli o‘ylab
topilgan edi. U giperssilkalardan foydalanishni jamlagan. Mana, loyihadan keyin dunyo uzra “o‘rgimchak
to‘ri” tug‘ilgan
148
. Ushbu kunda bizning jamiyatimizga va davlatimizga ham kirib kelgan internet bugun
yoshlarimizni ham o‘z domiga tortmoqda.
Davlatimiz va jamiyatimizning ravnaqi uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olish oila va ta’lim maskanida
har bir yosh yigit-qizning zimmasidagi burchlaridan biri hisoblanadi. Buyuk bobokalonimiz muhaddis
146
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali
marosimdagi nutqi. 30.09.2020. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti.
147
www.odam.uz
148
Internet to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar
www.odam.uz