Keywords: youth, offenses, measures for the prevention of offenses among young people, categories of youth. Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi ushbu huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi
eng muhim, samarali va insonparvar yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Biz o‘tkazgan tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi subyektlarining yoshlarda qonunga hurmat va
qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida
huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ushbu huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga
imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, bartaraf etish (zararsizlantirish), huquqbuzarlik
sodir etishga moyil bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, yoshlarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi
xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan profilaktik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish faoliyati
ekanligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi
qonuniga muvofiq, huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat: huquqbuzarliklarning
umumiy profilaktikasi, huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi, huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi
profilaktikasi, huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi (6-modda).
Ilmiy-nazariy adabiyotlarda
124
ham huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari bo‘yicha ushbu yondashuv
qo‘llab-quvvatlangan.
124
Kriminologiya. Umumiy qism: IIV oliy ta’lim muassasalari uchun darslik / I. Ismailov, Q.R.Abdurasulova, I.Y.Fazilov. –
Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 175; Kriminologiya. Maxsus qism: IIV oliy ta’lim muassasalari
uchun darslik / Mualliflar jamoasi. – Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. – B. 563; Odam savdosiga
qarshi kurashishning huquqiy choralari: O‘quv-amaliy qo‘llanma / Muhamedov O‘.X., Ismailov I., Qalandarov M.M., Payziyev
D.Y., Abdulhakov Y.A., Fazilov I.Y. – Tоshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – B. 29; Фазилов И.Ю.
Одам савдосига қарши курашнинг жиноят-ҳуқуқий ва криминологик муаммолари: Монография. – Tошкент: Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академияси, 2016. – Б. 183.