Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Ключевые слова: 
мировозрение, нравственность, воспитание, время, семейная культура, 
ценности, среда обитания, экологическое сознание, экологическое бытие, экологическая гармония.
Annotation. 
The article is devoted to the problem of value – one of the social problems faced by modern 
families. The family focuses on important aspects of environmental and moral education in the family. At the 
same time, the desire to substantiate ecological education with general human interests revealed the main 
content of the article. The relevance of the problem of values in modern families, which is reflected today, 
makes it necessary to form an ecological ethical worldview.
Keywords:
worldview, morality, upbringing, time, family culture, values, habitat, ecological 
consciousness, ecological existence, ecological harmony.
Odatda, inson hayot evolyutsiyasining tirik tabiat dunyosini inson madaniyati va tarixi dunyosidan 
ajratib turadigan chegarasi deb tushuniladi. Bizning birortamiz uchun inson hayot tarzida tabiat zarur sharoit 
bo‘lganini uqtirish shart bo‘lmasa kerak. Inson ham xuddi boshqa barcha jonivorlar singari o‘ziga qulay 


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
108
bo‘lgan atrof tabiat muhitida unga kerakli havo, oziq-ovqat, suv, issiqlik, xom ashyo, energiya va axborot 
bo‘lgan 
sharoitlardagina yashashi mumkin. Biroq, boshqa barcha tirik mavjudotlardan farqli ravishda 
inson o‘zi uchun sun’iy dunyosini – madaniyat dunyosini yaratish imkoniga egadir. Aynan madaniyat 
dunyosigina odam bilan tabiat munosabatida vosita bo‘lib xizmat qiladi. Uzoq vaqtlar oralig‘ida odamlar 
tabiiy yashash muhitida bo‘lganlari holda sun’iy muhitni yaratib keldilar, bu muhit ularning turmush tarzlarini 
sezilarli o‘zgartirib yubordi. Hozir insonning inson bo‘lish uchun bosib o‘tgan uzundan-uzoq madaniy-
tarixiy yo‘lini tasavvur qilish mushkul ishdir. Shunchaki odamlar buni o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Tug‘ilgan 
har bir inson dastlab o‘z oila a’zolari munosabatlari ichida bo‘ladi, o‘z tilini, muomala ko‘nikmalari, qaror 
topgan an’analarni o‘rgangachgina, o‘z jamiyati bilan madaniy aloqalarga kirishadi. O‘zining butun hayoti 
davomida har bir inson moslashadi, o‘qiydi, o‘rganadi, mehnat qiladi, atrofidagilarga o‘z ta’sirini o‘tkazadi 
va o‘z madaniyat dunyosini yaratadi. Madaniyat va jamiyatning turli-tuman dunyolari bilan duch kelib, 
ularning ta’sirini sezadi va o‘zgaradi. Biroq insonlardan birortasi o‘z hayotining mazmuni to‘g‘risida o‘ylab 
ko‘rganda ham o‘zini avval o‘tgan va kelgusi avlodlar bilan bog‘lovchi bir bo‘g‘in sifatida ko‘rishi qiyin. 
Alohida inson umrining qisqa muddatliligi bir-birining o‘rnini oluvchi o‘zaro bog‘langan avlodlarning 
madaniy-tarixiy birligi bo‘lgan insoniyat hayoti bilan taqqoslashni qiyinlashtiradi.
“Ekologik ta’lim-tarbiya” hamda “ekologik axloqiy madaniyat” tushunchalar bir yaxlit qismga ega bo‘lgan 
progressiv jarayonlardan biridir. Sintez va analiz qilish jarayonida shunday xulosa qilish mumkinki, ekologik 
ta’lim-tarbiya negizida ekologik axloq, ekologik madaniyat barqarorlashuvi natijasida integratsiyalashadi. 
Zero, ekologik axloqning funksional tizimlari ekologik madaniyat amaliy faoliyati asosida yuzaga keladi. 
Ya’ni, tabiat va jamiyat birligining mavjudlik holatini isbotlay oladi. Ekologik ta’limning harakatlantiruvchi 
mexanizmlaridan biri sifatida axloqiy madaniyat rivojlantiruvchi omilga aylanadi. 
Keyingi yillarda ekologik ta’lim-tarbiya muammosiga bag‘ishlangan qator ilmiy-pedagogik tadqiqot 
ishlari shuni ko‘rsatdiki, ekologik ta’lim-tarbiya tizimi sifatida aniq hamda tabiiy ilmiy yo‘nalishlarni 
o‘rganish jarayonida ekologik madaniyat va ekologik axloqiy munosabatlarning kesishuvi hamda ularning 
uzluksizligi zarur omilga aylandi. Ekologik axloqiy va madaniy munosabatlarni ifodalash jarayonida ekologik 
ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifalaridan biriga aylangan mezon, ya’ni o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini 
ro‘yobga chiqarishga qodir bo‘lgan jismoniy va ma’naviy jihatdan komil insonni voyaga yetkazish va 
tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlarni jamiyat hayotida tatbiq etishga yo‘naltirgan bosh maqsadni amalda 
namoyon etilishidir.
Endilikda sivilizatsiyada mavjud axloqiy mezonlarni tegishli ijtimoiy munosabatlar bilan bog‘liq 
ekani ta’kidlanmoqda. Ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi dunyoqarash prinsiplari ham, bog‘liq axloqiy 
mezonlarning o‘zgarishiga olib keladi, deb qaraladi. Masalan, sivilizatsiya shakllanishining ilk davrlarida 
ruhoniylardan tashkil topgan ierarxiya qatlamidan, ehromlar, muqaddas davlatchilik urflari, jamiyatni bu 
dunyodan, tabiatdan yuqori turuvchi olam tomonidan boshqarilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan 
tashkillashtirish strukturalari intizomi kabi jarayonlardir. Sivilizatsiyaning keyingi bosqichlarida ma’lumotli 
yuqori qatlam tomonidan maxsus tartibga solingan axloqiy me’yorlar ishlab chiqiladi. Jamiyat strukturasida 
sodir bo‘lgan yangi o‘zgarishlar natijasida yangi axloqiy qadriyatlar yaratiladi.
O‘zbek oilalarida bolalarni faqat ota-onagina emas, balki qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, mahalla-
ko‘y tarbiyalaydi, degan gap bor. “Avesto”da axloqiy barkamol inson faqat axloqiy yo‘l-yo‘riqlarnigina emas, 
balki yaxshi yor, aqlli farzand, chinakam baxtli oilaviy turmush to‘g‘risida ham o‘ylashi zarurligi alohida 
ta’kidlanadi. Darhaqiqat, sog‘lom turmush tarzi – bu oilada insonning jismoniy, aqliy, ijtimoiy, huquqiy 
hamda ma’naviy, estetik va axloqiy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Bunda oila masalasi 
ham turmush tarzining barqaror kechishida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Turmush tarzi tushunchasining mazmunini 
to‘laroq idrok etishda u bilan jinsdosh “turmush darajasi”, “ukladi”, “sifati”, “stili” kabi kategoriyalarning 
mazmunini aniqlab olish zarur. Bu tushuncha alohida individ, ijtimoiy qatlam yoki, umuman, jamiyatning 
moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini minimal va maksimal darajasini baholash uchun ishlatiladi. Demak, 
“sog‘lom turmush tarzi” jamiyat, ijtimoiy guruhlar, individlarning real hayotiy faoliyatlarini moddiy va 
estetik rang-barangligi ko‘lamini chuqur ifodalaydigan, insonni farovon va obod turmush sari eltuvchi 
falsafiy tushunchadir. Sog‘lom turmush tarzi bu individning xususiyatlari va sotsio-madaniy omillar bilan 
shartlanadigan hayotiy faoliyat shaklidir. Sog‘lom turmush tarzi barcha darajadagi, ya’ni jismoniy, ruhiy, 
ma’naviy, shu bilan birga, tashqi muhit, borliq bilan uyg‘unlashish holatidir. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin