Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
123
Hayotning ko‘rki ham, chiroyi ham ayollardir. Ayol bor yerda mehr-vafo, orastalik, ezgulik bor. Qiz 
bola – hayosi bilan go‘zal. Go‘zallik bu faqat tashqi qiyofada emas, balki odob-axloq, farosat, pokizalik, 
olijanoblik, sharm-hayo, iffat, g‘urur, latofat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlarda namoyon bo‘ladi. 
Mana shular mujassamlashgandagina inson haqiqiy go‘zal bo‘la oladi. Go‘zallik dilni ravshan qila oladigan 
bir nurki, inson har vaqt shu nur tomon intiladi.
Qiz bola tarbiyasi jiddiy masala ekanligini inobatga olgan holda har bir inson bunga jiddiy yondoshib 
harakat qilmog‘i lozim. Ayniqsa, maktab, litsey va kollej o‘qituvchilarining galdagi mas’uliyatli vazifalaridir. 
Bizga ma’lumki, har qanday tarbiya ta’lim bilan chambarchas bog‘liq holdagina mavjud bo‘ladi. Chunki, 
ta’lim va ma’lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko‘payibgina qolmay, balki ma’naviy-axloqiy 
sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik 
bo‘lmish ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi 
deb bilganlar. 
Ko‘plab olimlar o‘z tadqiqotlarida ma’naviy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha qator izlanishlar 
olib borishdi, har xil qiziqarli tahliliy ma’lumotlar asoslandi, lekin bularning ichida odamni tashvishga 
soladigan bir qaraganda e’tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati tanazzulga, jaholatga olib boradigan bir 
omil, ya’ni oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati millatning ma’naviy tanazzulining asosi, desak 
hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.
Xo‘sh, nega bugun ota-onalar farzand tarbiyasiga e’tiborsiz? Farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishiga 
qanday omillar to‘sqinlik qilyapti? Ota-onalar farzand tarbiyalash metodlarini biladimi? Mazkur savollar 
bizni masala yuzasidan hamma uchun bir tildagi optimal yechim topish vazifasini qo‘ymoqda. Bugun butun 
dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga 
tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illat va tahdidi kuchayib bormoqda.
Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi 
“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish 
to‘g‘risida”gi Qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinib, mazkur tahdidga qarshi samarali g‘oyaviy kurash 
olib borish vazifasi qo‘yildi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23- avgust kuni bo‘lib o‘tgan xalq ta’limi tizimini 
rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish 
masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ta’lim va tarbiyaning ahamiyati haqida so‘z bordi. 
Mazkur yig‘ilishda Davlatimiz rahbari yosh avlod tarbiyasi, odob-axloqi haqida to‘xtalib, “

Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin