Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
120
tabiatni, atrof-olamn
i asrash tushunchalari anchagina mavhum va biroz ahamiyatsiz tushunchadir. Odamlar 
tabiat va atrof-olamni asrash faqatgina maxsus mas’ul tashkilotlar tamonidan amalga oshirilishi kerak deb 
o‘ylashadi. Biroq bu tushuncha mutlaqo xato, chunki har bir inson tabiat bilan chambarchas bog‘liqdir. Ona 
tabiat bizlarni qornimizni to‘q, ustimizni but qiladi va biz ham tabiat in’omlaridan oqilona foydalanishimiz 
va asrashimiz lozim.
Hozirgi kunda zamonaviy inson ongidagi eng muhim muammolardan biri bu tabiatni idrok eta olishni 
bilishdir. Ayrim insonlar hattoki, “Tabiat o‘zi qayerda, u nima”, deb hayron bo‘lishadi. Tabiiyki, hatto tabiat 
tushunchasini, atrof-olamni asrash, inson tabiatning bir qismi ekanligini bilmaydi. Bu esa sayyoramizga 
va albatta, insoniyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, toqqa sayr uchun chiqqanda sigareta qoldiqlarini, 
axlatlarni, bir martalik ishlatiladigan idishlarni, plastik, selofan qopchalarini har tamonga tashlab ketishadi. Bu 
ahlatlarni hayvonlar, qushlar, sut emizuvchilar, hasharotlar iste`mol qilib qoyishadi va ular nobud bo‘lishadi. 
Bunday misollarni cheksiz keltirish mumkin. Bu salbiy holat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda.
Agar ota-onalar va tarbiychilar bolaning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni 
yaratib, o‘zaro hamkorlik qilsalar, bolalarda tabiatga va atrof-olamga nisbatan mehr-shafqat, rahmdillik 
kabi hislatlar uyg‘onadi va katta samara beradi. Dastlabki bosqichda tarbiyachining vazifasi ota-onalarning 
e`tiborini muammoga qaratib, birinchi navbatda, bolalarning o‘zlari bilan hamkorlik qilishga undashdir 
va ularni asta-sekin hal qilmoq kerak. Tog‘ bag‘riga, tabiat qo‘yniga sayrga chiqganlarida ota-ona farzand 
va tabiat o‘rtasida bog‘lovchi vosita ekanliklarini unutmasliklari kerak. Albatta, manzilga yetib kelgandan 
so‘ng kattalar birinchi bo‘lib nur taratayotgan bobo quyoshga, musaffo osmonimizga, ona tabiatimizga, 
daraxt va gullarga, jonivor va qushlarga salom berishdan boshlashimiz kerak. So‘ng diqqat bilan kuzatib, 
qiziqarli savol-javob, bahs-munozara kabi usullardan foydalanib o‘tkazishimiz lozim. Agar mos topishmoq va 
ertaklardan foydalansak, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chumolilar uyumini kuzatib, ular juda ham mehnatkash 
hasharotlar ekanligini va qishning g‘amini ko‘rayotganini ko‘rsata olish, qushlarning uyalarini, kapalaklarning 
xilma-xilligini, kichik jonivorlarning insonlarning yordamiga muhtoj ekanligini misollar bilan tushuntirish, 
kichik tajribalar o‘tkazish maqsadga muvofiqdir (kamalakning hosil bo‘lishini, suvning quyosh nuri, issiqlik 
ta’sirida bug‘ tomchilariga aylanishini, suvning xususiyatlarini, holatini, xillarini ko‘rsatish). Imkon qadar 
bola tajribalarni o‘zi ham mustaqil ravishda amaliyotda ko‘rsatishi muhim ahamiyatga ega. Bunday mazmunli 
sayrlar bolalarning bilimlarini boyitishning juda qulay imkoniyatidir.
Bolalarda yoshligidan o‘simliklarga va jonivorlarga mehr uyg‘otish o‘rniga, ularga nisbatan qo‘rquv 
uyg‘otamiz. Masalan, mushuk va kuchukni parvarish qilishga ruhsat bermaymiz. Mumkin emas, burga, 
bit, gijjalari bor, deb man qilamiz, hatto yaqiniga yo‘latmaymiz. Jonivorlar bilan vaqt o‘tkazish va ularni 
o‘ynatish insonni stressdan, hattoki depressiyadan olib chiqib ketadi.
Xonadonda tuvaklarda gul o‘stirish, hovliga rayhon, har xil turdagi gullarni ekib parvarivlash va bu 
go‘zallikdan bahramand bo‘lish insonning kayfiyatini ko‘tarib, bosh og‘rig‘idan xalos etadi.
Ona tabiatimizning go‘zalligidan bahramand bo‘lishni o‘rganishimiz va albatta, bolalarimizga buni 
ko‘rsata olishimiz lozim. Har bir fasl o‘ziga xos go‘zallikka ega. Kuzda barglarning sargayishi, xazonrezgilik 
hodisasi, yomg‘irning yog‘ishi; qishda qorning pag‘a-pag‘a osmondan tushishi, qor parchalarining bir-biriga 
o‘xshamagan go‘zal shakllarini, suvning muzga aylanishi, ayozning go‘zalliklaridan; bahorning ilk belgisi 
bo‘lgan chuchmoma, boychechakning ko‘rinish birishini, daraxtlarning kurtak otishini, oppoq qiyg‘os 
gullashini, asalarilarning guldan gullarga qo‘nib changlatishini, hayvonlarning uyg‘onishini, qushlarning 
sayrashini; yozda esa quyoshning nur sochishini, meva-sabzavotlarning birin-ketin pishishini kuzatish va ona 
tabiatning mo‘jizasidan bahramand bo‘lmoq va albatta, bolalarga bu tabiat mo‘jizalarini ko‘rsatmoq kerak.
“Eng ishonchli va samarali dars – bu ota-onalarning farzandga bergan bilimlari va nasihatlaridir!” 
Farzandingiz tabiat qo‘ynida vahshiyona xatti-harakatlarni bajarishiga yo‘l qo‘ymang! O‘t-o‘lan, gullarning 
payhon bo‘lishiga, ariqlardagi suvning ifloslanishiga, jonivorlarning o‘ldirilishiga yoki ozor berishlariga, 
shox-shabbalarni sindirishlariga, mevalarni pishmasdan olishlariga va yon-atrofga uloqtirishlariga aslo bu 
odatlarni bajarmasliklari uchun harakat qilmog‘ingiz kerak. Lekin Siz o‘zingiz amal qilsangizgina, buni 
bolalardan talab qilishingiz mumkin, ularga sabr-toqatlik bilan bolalikdan tabiat qo‘ynida inson o‘zini 
qanday tutmoqligini o‘rgating!
Kattalar ko‘pincha bolalarga ba’zi jonivorlarga qurtlar, o‘rgimchak, qurbaqalarga nisbatan jirkanish 
tuyg‘usini uyg‘otadilar. Bunga aslo yo‘l qoymang! Aksincha, bolalarning e’tiborini ularning ojizligiga, qurbon 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin