Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Annotation.
 
The article reflects the characteristics of modern teaching, interactive techniques, the role 
and impact of innovative technologies, technological map. Also, the basic principles, ways, methods, forms, 
means of effective organization of the educational process are identified. The most important thing is given 
scientific recommendations on the innovative activity of the teacher and educational technology.
Key words:
teacher, ethical perfection, competence, innovative activity, competition, creativity, 
patriotism, intellectual potential, creativity.
Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishni muvaffaqiyatli hal etish o‘qituvchiga, uning g‘oyaviy e’tiqodi, kasb 
mahorati, iste’dodi va madaniyatiga bog‘liq. Bu g‘oyat murakkab va mas’uliyatli vazifani amalga oshirishda 
o‘qituvchi qanday o‘qitish kerakligini nazariy-amaliy jihatdan bilishi lozim. Ma’lumki, o‘qituvchining 
pedagogik mahorati, asosan, darsda ko‘rinadi. O‘qituvchilik – katta san’at. Bu san’atga –o‘qituvchilik 
kasbiga, chinakam murabbiy bo‘lishga havasi, ishtiyoqi zo‘r, zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, 
o‘zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, 
mustaqillik g‘oyasi va mafkurasi bilan puxta qurollangan haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar insonlargina 
erisha oladilar. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘qituvchining shaxsiy fazilatlari: axloqiy barkamollik, ya’ni 
saxovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma’naviy poklik, qanoatlilik, rostgo‘ylik, sadoqatlilik, pokizalik, 
ziyraklik, andishalilik, vazminlik, sabr-bardoshliligi bilan birga uning kasbiy fazilatlari: o‘z sohasining 
puxta bilimdoni bo‘lib, o‘zining nutq madaniyatiga ko‘ra tevarak-atrofdagi insonlarga namuna bo‘la olishi 
muhimdir.
Tabiiyki, mohir o‘qituvchi o‘zining shaxsiy faoliyatini o‘zi tahlil etib boradi. Pedagogik kompetentligini 
rivojlantirish uchun faoliyati davomida pedagogik vazifa va maqsadlarini o‘zgartirib, yangi vazifalarni 
qo‘llash asosida o‘quvchi shaxsiga mohirlik, donolik, ijodiy dadillik, chuqur ilmiy tafakkur bilan yondashadi. 
Pedagogik mahorat va kompetentlik o‘qituvchidan qat’iyat, tirishqoqlik, tadqiqotlarni olib borishga intilish, 
yangi vaziyatga moslashish, samimiylik, to‘g‘rilik, halollik, kuch, o‘tkir aql-idrok talab etadi.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin