Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


Savol: Komil insonni tarbiyalashga qanday erishiladi? javob



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Savol:
Komil insonni tarbiyalashga qanday erishiladi?
javob:
Asosan to‘rt narsa halol va mehribon ota-ona, qattiqqo‘l va talabchan ustoz, samimiy va sodiq 
do‘st, ma’rifat va ilm orqali erishiladi.
Savol:
Eng baxtli ota-ona kim? 
javob: 
Turmushda, komil inson tarbiyasida nafaqat o‘z farzandiga, balki o‘zgalarga ham ibrat bo‘la 
olganlar. 
Savol: 
Komil ustoz kim? Javob: O‘zida zohiriy va botiniy go‘zallikni mujassam etgan zot.
Savol: 
Nimadan yumshoq va nimadan qattiqroq narsa yo‘q bu dunyoda? 
javob: 
Ona mehridan va ota qahridan.
Savol:
Tarbiyachi kim?
javob: 
Avvalo, bolalarni sevuvchi, ma’rifatli va fidoiy inson.
 Savol: 
Aksariyat ota ona yo‘l qo‘yadigan xato nima? 
javob: 
Farzandidan uning imkoniyatidan ortiqcha bo‘lgan narsani talab qilish yoki aytarli hech narsani 
talab qilmaslik. 
Savol: 
Inson uchun eng yaxshi narsa nima? 
javob: 
Go‘zal axloq, tarbiya, go‘zal xislat bilan nom chiqarish. 
Savol: 
Inson uchun eng yomon narsa nima? 
javob: 
Axloqsizlik, tarbiyasizlik, yalqovlikdir. 
Savol: 
Qanday odamni aqlli odam deb atash mumkin?
javob: 
Bir ishga kirishmasdan avval uning oqibatini yaxshi o‘ylab, so‘ngra shu ishga kirishgan odam.
Savol: 
Yashashdan maqsad nima?
 javob: 
Avvalo, Alloh roziliga erishish, Alloh bergan amallarni bajarish va Alloh rozi bo‘ladigan tarzda 
yashash, qaytarganlaridan qaytish, so‘ngra el yurt bilan hamohang yashash, unga sadoqatli bo‘lish, ona 
Vataniga munosib xizmat qilish orqali o‘zini mamnun, baxtli his etish.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy ta’limoti misolida qaraganda: “Insonning yashashdan asl maqsadi 
zavqli, lazzatli, huzur halovatli, baxtli saodatli umr kechirishdan iboratdir, degan g‘oya uning falsafiy 
ta’limotida ustuvorlik qiladi. Shu bois ul zot “Insonnig mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekani, inson 
bu maqsadni o‘zining oliy g‘oyasi va istagiga aylantirib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u 
baxt va saodatga erishadi” deb uqtirgan edi
77

76
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси 30.12.2020.
77
Абу Наср Фаробий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент: Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриёти, 1993. – Б 
. 188.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin