Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Ключевые слова: 
подростки, профессия, карьерная мотивация, профессиональное образование, 
выбор профессии.
Annotation. 
The article describes the family environment in the choice of profession of adolescents, the 
state of employment in the mahalla, the social cooperation in the field of youth employment in our country, 
it’s social necessity. The author emphasizes that the process of choosing a profession is of social significance, 
but behind it is a physical individual.
Keywords:
adolescents, profession, career choice motivation, vocational education, career selection.
Hozirgi kunda juda ko‘plab davlatlarda bo‘lgani kabi dunyo xaritasida o‘zining munosib o‘rniga ega 
bo‘lgan yangi O‘zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson 
omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko‘tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma’naviy 
barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog‘ladi. Bundan inson va uning 
mukammalligi, o‘z ustida ishlashi, o‘z mukammalligi xususida qayg‘urishi muammosi har qachongidan 
ham dolzarb masalaga aylandi.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga 
oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, oliy ta’lim muassasalari huzuridagi texnikumlarni 
o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha turdosh oliy ta’lim hamda tarmoq tashkilotlariga biriktirish, o‘rta maxsus va 
professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida 2021-2022-o‘quv 
yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari huzurida 24 ta texnikum tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi
89

Bunday dolzarb masalani har tomonlama hal etishda yoshlarni kasbga yo‘naltirishning ahamiyati 
juda ham katta. Yoshlarni kasbga yo‘naltirish uchun yoshlar psixologiyasini bilish, o‘z taraqqiyotini va 
iqtidorini tashkil etishni bilish, har qanday yosh davrda ham optimal ravishda ishga yaroqlilikni, turli 
o‘zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorgarlikni ta’minlash, yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro‘y 
berayotgan jarayonlarni obyektiv va to‘g‘ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari suradi.
Pedagogika va psixologiya fanlarida o‘quv va kasbiy faoliyatning motivlari tarkibi yetarlicha ishlab 
chiqilgan. Lekin o‘quvchilar va ishlayotgan yosh mutaxassislarning ijtimoiy-kasbiy yo‘naltirish bilan bog‘liq 
kasbiy motivatsiyaning mazmuniy tomonlari yetarlicha o‘rganilmagan.
89
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-avgustdagi “Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari 
o‘rtasida ta’lim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi PQ-5241-son
qarori
.



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin