Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
63
M
ediata’lim ko‘rish va tinglash orqali o‘qitish (eski usul)ning yangi shakli, chunki bu texnologiya bir 
vaqtning o‘zida ma’lumotlarni taqdim etishning turli usullarini: matn, grafika, raqamlar, animatsiya, video, 
musiqa va ovozdan foydalanishga imkon beradi. [6]
Maktabgacha yoshdagi bolalarga media vositalari orqali ta’lim va tarbiya berish uchun, I.Donina va 
A.Gopkinaning fikriga ko‘ra, keng qamrovli tayyorgarlik zarur bo‘lib, ushbu jarayon uch bosqichdan iborat 
[7]:
Texnik bosqich
– kompyuterda ishlashning asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish;
Metodik bosqich
– elektron ta’lim resurslarining didaktik xususiyatlarini o‘rganish, pedagogni yangi 
texnologiyalardan o‘quv jarayonida foydalanishga o‘rgatish;
Falsafiy-dunyoqarashli bosqich
– pedagogning mediaaxborot texnologiyalariga nisbatan munosabatini 
o‘zgartirish, mavjud qo‘rquv va yangiliklarni qabul qilmaslik hissini еngib o‘tish.
Oilada maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda ularning mediasavodxonligini oshirishda ota-
onalarga quyidagi tavsiyalarni beramiz:
• 
Farzandlaringiz bilan suhbatlashib ko‘ring. Siz uyda bo‘lmagan paytingiz nima ishlar bilan 
shug‘ullanadi, qancha payt televizor ko‘radi, ularni nimalar qiziqtiradi va hokazo.
• 
O‘zingiz o‘rganing va farzandlaringizga ham o‘rgating.
• 
Internetdan foydalanish tartibini o‘rgating.
• 
Farzandlaringizga taqiqlangan ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat bermang.
• 
Farzandlaringizga ehtiyotkor bo‘lishni o‘rgating.
Bolalarning mediatexnologiyalarga qaram bo‘lib qolmasliklari uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
• 
Bolalar xonasiga imkon qadar televizor qo‘ymaslik.
• 
Bolalar ma’lum bir dasturni tomosha qilgandan so‘ng uni o‘chirib qo‘yish. Ayniqsa, ovqatlanayotganda 
va uy vazifasini bajarayotgan vaqtda.
• 
Bolalarga multfilm, kino yoki ko‘rsatuvlarni tanlashda yordam berish.
• 
Ekran vaqtini cheklash.
• 
Kompyuterni bilim olish vositasi sifatida singdirish.
• 
Kompyuter yoki uyali telefonda imkoni boricha o‘yin o‘ynashni taqiqlash, mantiqiy, arifmetik va 
nutqni o‘stiruvchi o‘yinlardan foydalanish hamda o‘yin vaqtini cheklash.
• 
Bolani yorqin qiziqarli voqealar bilan ta’minlash (kitoblar o‘qib berish, bolalar tomoshalariga, 
istirohat bog‘lariga, teatr, muzeylarga olib borish).
Yuqoridagi fikrlarimizni ilmiy asoslashda, ya’ni bugungi kunda mediata’lim texnologiyalarning 
dolzarbligi haqida pedagogika fanlari doktori, professor M.Quronov [8] ta’biri bilan aytganda, ba’zan 
“internet”, “media”, “mediatexnologiya” deyilganda qovog‘imiz solinadi. Bular, albatta, yomon-da, deymiz. 
Aslida ham shundaymi? “Media” lotinchada vosita, o‘rtada turuvchi degan ma’nolarni beradi. U – 
ma’naviy 
(axborot, bilim) 
ehtiyojlarini 
qondirish vositasi. Pichoq, olov, suv kabi xolis vosita. Vrachning qo‘lidagi 
pichoq bemorni sog‘ qiladi. Jinoyatchining qo‘lidagi pichoq esa sog‘ni bemor qiladi. Olovning yo‘g‘i odamni 
muzlatsa, ko‘pi kuydiradi. Ko‘p suv g‘arq qilsa, suvsizlik qaqratadi. Media ham shunday. Agar me’yorda, 
kompetentli foydalanilsa, media donolar uchun – bilimlar manbayi. Nodonlar uchun – balolar manbayi. 
Demak, gap mediada emas, undan foydalanuvchilarda, aniqrog‘i har bir yigit-qizning mediama’naviyatiga 
bog‘liq bo‘lib chiqyapti.
Britaniyalik mediapedagog D.Bukingemning fikrida jon bor. U “axborotlashgan jamiyatda” yoshlar, 
albatta, mediamahsulotlarni passiv qabul qilishadi va mediamateriallarning qurbonlariga aylanishadi”, 
deyishadi. Biroq mediapedagogika bolaning o‘zini markazga qo‘yadi. Boladagi mediabilim va tajribaga 
tayanadi”, deydi.
Xorijiy tadqiqotlar mediata’lim asosida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kreativlik, tanqidiy 
fikrlash, talqin va tahlil qilish, baholash, xulosa, qaror, hukm chiqarish kabi ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish 
mumkinligini ilmiy asoslab berishdi. Mediata’lim bolalarda axborotni turli shakllar va janrlar asosida tahlil 
qilish, baholash va shunday axborotlarni yaratish imkonini yaratadi. Bunda bola mediamatnlarni tahlil qilib, 
rostni yolg‘ondan, muhimni nomuhimdan, tor yondashuvni keng yondashuvdan ajratish qobiliyatini qo‘lga 
kiritadi. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin