Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Annotation:
 
The article provides information on the large-scale reforms carried out in recent yеars on 
the importance of the social and emotional environment for raising children in a family, as well as on the 
work of society and families in raising children.
Keywords:
family, environment, women, upbringing, social and spiritual, values.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, 
mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi 
darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-sonli hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 3-maydagi PQ-4307-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni 
mustaqil hayotga dunyoqarashi keng, faol fuqarolar etib tarbiyalash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2019-
yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risi”da O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra 
respublikamizda oilalarimiz farovonligida yoshlarimizni ijtimoiy-ma’naviy muhitda keng dunyoqarashli 
etib tarbiyalashga qaratilgan bir qancha ustuvor vazifalar amalga oshirildi. 
Azal-azaldan oila farovonligi – milliy farovonlik asosi sanalib kelingan. Xalqimiz tarixiga nazar 
tashlaydigan bo‘lsak, halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-oqibat, mehnatsevarlik kabi 
barcha insoniy fazilatlar oilada shakllangan.
Oila jamiyatning asosiy negizi. Oilalarimizda sog‘lom, barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratish, ona 
va bola salomatligini, tinchligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirish asosiy ustuvor vazifalardan 
biri sanalib kelingandir. 
Oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va 
hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, oila, mahalla-yurt mustahkam bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va 
barqarorlik hukm suradi.
Mehr-oqibat va hamjihatlik ota-onalardan farzandlarga ham qon-qarindoshlik, ham kundalik ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlar jarayonida o‘tuvchi his-tuyg‘ulardir. Oilada ota va onaning bir-biriga ko‘rsatgan 
hurmat-ehtiromi, mehr-muhabbati ibrat namunasi sifatida farzandlarga yillar davomida singib boradi. 
Binobarin, farzandlar mehr-oqibatni, eng avvalo, oila tarbiyasidan o‘zlashtiradi. Olamga kelgan chaqaloq 
ilk bor tevaragini o‘rab turgan voqelik bilan oilasida tanishadi. Farzand uchun dunyodagi eng yеtuk, komil, 
ulug‘ martabali inson ota-onasi hisoblanadi. Tabiiyki, eng go‘zal, yorug‘, baxtli xonadon ham o‘z uyi bo‘lib 
tuyuladi. Farzand oila tarbiyasidan jamoa hayoti sari asta-sekinlik bilan kirib kela boshlaydi, demak, uning 
katta hayot sari odimlari ota-onasi homiyligida oila muhitida amalga oshiriladi. 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin