Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

Keywords

socialization, creativity, parent, environment, education, upbringing, manners, care, family, 
makhalla.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “Uzluksiz 
ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, o‘qitish 
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-
bosqich tatbiq etish”
33
kabi muhim vazifalar belgilangan. Bu esa, umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini 
ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini aniqlashtirish, o‘smirlar ijtimoiylashuvi 
mazmunini takomillashtirishni taqozo etadi.
Globallashuv jarayoni shaxsni ochiq ijtimoiy muhitda, jamiyatning barcha tarbiyaviy tuzilmalari – 
umumiy o‘rta ta’lim maktabi, oila, mehnat jamoalari va jamoatchilikning bir-biri bilan ijodiy uzviy aloqa 
qilish asosida tarbiyalashni muhimlashtirmoqda. Ijtimoiy muhitning ta’sirida shaxs shakllanib borar ekan, 
bu jarayonni tavsiflash uchun “ijtimoiylashuv” tushunchasi ishlatiladi. 
Ijtimoiylashuv shaxsning hayoti mobaynida o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va 
madaniy qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonidir. O‘smirlik davri o‘ziga xos bo‘lib, o‘smir hayotida jiddiy 
o‘zgarishlar ro‘y beradi, uning ruhiyati qayta shakllanishiga, tengdoshlari o‘rtasida munosabatlarning yangi 
shakllari paydo bo‘lishiga olib keladi. Unga nisbatan katta avlod vakillari tomonidan yanada jiddiyroq talablar 
qo‘yila boshlaydi. O‘smirlik yoshida o‘z-o‘zini anglashga ehtiyoj paydo bo‘ladi. “Men kimman?”savoliga 
javob berish uni tez-tez bezovta qiladi. Unda o‘z-o‘ziga qiziqish paydo bo‘ladi. U yoki bu faktlarga unda 
shaxsiy qarash, mulohaza yuritish, o‘z bahosini berish kabi xususiyatlar shakllanadi. Bu yoshda vaqtinchalik 
oila va maktabdan psixologik uzoqlashish holatlari bo‘lib turadi. 
33
“Ўзбекистон Республикаси халқ таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиқлаш 
тўғрисида”ги ПФ-5712-сон фармони



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin