Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
73
Ijtimoiy moslashish ijtimoiylashuv mexanizmlaridan biri sifatida, muammoli vaziyatlarni bartaraf etish 
esa yangi ijtimoiy tajriba – o‘quvchilik maqomini o‘zlashtirish mexanizmi sifatida tadqiq etildi. Ijtimoiy 
moslashuvga ehtiyoj muayyan tizim bilan o‘zaro ta’sir negizida, ziddiyatli munosabat sharoitida vujudga 
kelishi asoslandi va o‘z navbatida, ziddiyatlarni bartaraf etish bilan bog‘liq o‘zgarishlarni amalga oshirishni 
talab qilishi yoritib berildi. Mazkur o‘zgarishlar shaxs yoki tizim bilan, yoxud har ikkovi o‘rtasidagi o‘zaro 
ta’sir tavsifi bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Ya’ni, yangi muhit sharoitida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni 
yengish zarurati shaxs ijtimoiy moslashuvining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday vaziyatda 
shaxsning oldingi xulq-atvor darajasi samarasiz yoki kam samarali bo‘lib qoladi. Ijtimoiy moslashuv 
o‘quvchining o‘z yangi maqomiga muvofiq holda, ijtimoiy muhit tomonidan qo‘yiladigan talablarni qabul 
qilishi hamda ularga samarali javob qaytarishi demakdir. Ya’ni, adaptatsiya qarorlarni oqilona qabul qilish, 
tashabbus bildirish va o‘z kelajagi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish kabilarni qamrab oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarining ijtimoiy moslashuvini ta’minlash muhim muammo 
ekanligini ilmiy nuqtayi nazardan asoslashda ijtimoiy-psixologik moslashuvga alohida e’tibor qaratib, uni 
psixologik jihatlarini ham yoritish va moslashuv jarayoni o‘zlikni anglash, shaxs sifatida o‘z “Men”ini 
baholash jarayoni ekanligini ta’kidlab o‘tish lozim. Ijtimoiylashuv tashqi muhit bilan o‘zaro faol aloqa 
muhitida, ta’lim-tarbiya hamda o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida, o‘quvchi o‘z maqsadlarini mustaqil aniqlab, 
ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, jamiyatdagi o‘z o‘rniga 
munosib baho berganida amalga oshadi va optimal tarzda rivojlanadi. 
Shaxslararo munosabat sohasiga moslashish, bunda kishilar bilan chuqur emotsional aloqa o‘rnatish, 
samarali ijtimoiy moslashishga qaratilgan xulq-atvor motivlari, shaxs sifati va xarakteri, xulq-avtor tizimi 
kabilarni samarali ijtimoiylashuvning belgilari sifatida qayd etish mumkin.
Moslashuv jarayoni bir tomondan individ va ikkinchi tomondan muhit ehtiyojlarining to‘liq qondirilishi 
asosida ug‘unlikka erishish jarayoni yoki individ va ijtimoiy muhit orasidagi o‘zaro uyg‘unlikning vujudga 
kelishi uchun vosita bo‘lib xizmat qiladigan jarayondir.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi o‘quvchilarini ijtimoiy moslashtirish muhim muammo ekanligini 
asoslash haqida gap borar ekan, mazkur holatda “ijtimoiy moslashtirish” tushunchasining pedagogik talqinini 
ochib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aksariyat tadqiqotlarda moslashuvning o‘ziga xos turi sifatida 
“ijtimoiy-psixologik moslashuv”ga alohida e’tibor qaratilib, uning psixologik jihatlarini yoritib berish bilan 
cheklaniladi. Bizningcha, ijtimoiylashuv inson o‘zini jamiyatda shaxs sifatida anglab borishi jarayoni ekan. 
Bu tarbiya, ta’lim, o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonida yuzaga kelib, inson qachonki, o‘z maqsadlarini mustaqil 
aniqlab, ularga erishish yo‘llarini belgilay olganida, o‘z qadr-qimmatini anglab yetganida, jamiyatdagi o‘z 
o‘rniga ishonch hosil qilgan taqdirda amalga oshadi. 
Pedagogik yordam o‘z ichiga ijtimoiy-pedagogik faoliyatning ikki yo‘nalishini oladi: ta’lim olishda va 
tarbiya olishda yordam. Ta’lim olishda yordam oilada vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish va 
ota-onalarning pedagogik-madaniyatini shakllantirishga qaratilgan. Kreativ yondashuv asosida o‘quvchilarni
 
ijtimoiylashtirishning pedagogik faoliyati quyidagi masalalar bo‘yicha ota-onalarni har tomonlama o‘rganishni 
ko‘zda tutadi:
– 
ota-onalarning bo‘lajak farzandlarini tarbiyalashlari uchun pedagogik va ijtimoiy-biologik 
tayyorgarligi;
– 
o‘quvchilarda tengdoshlariga nisbatan munosabatni shakllantirishda ota-onaning o‘rni;
– shaxs tarbiyasida shaxsiy namuna, ijodkorlik;
– ota-onalar ijtimoiy maqomining ahamiyati;
– oilada turli avlodlarning o‘zaro munosabati; 
– 
oilada pedagogik va psixologik ta’sir usullari, o‘quvchilar va kattalar orasida ijobiy munosabatning 
shakllanganligi.
Ijtimoiylashtirish xulq-atvorini nazorat qilishdan iborat. Bunday nazorat insonga yomon xatti-
harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini beradi. Agar shaxs xulq-atvorining axloqiyligi haqida qayg‘ursa, u 
ijtimoiylashuvga erishgan bo‘ladi. Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o‘rganish jarayoni sifatida qaraladigan 
yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi. Shaxs o‘zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi 
uchun tarbiyalanganlik qanday rag‘batlantirilishi kerak? Tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy jihatdan 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin