Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari


“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”



Yüklə 3,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/273
tarix20.11.2023
ölçüsü3,48 Mb.
#165431
növüСборник
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   273
Конференция 6 osd9d3c

“Zamonaviy oilada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami
76
Abdurasulova F.R.,
Nizomiy nomidagi TDPU
 “Ijtimoiy pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi
Muxsumova Z.Z.,
1-bosqich pedagogika va psixologiya
Ta’lim yo‘nalishi talabasi
OILA – MA’NAVIY TARBIYA O‘CHOG‘I
Annotatsiya.
Ushbu maqolada oila, oila haqidagi turli xil fikrlar, oilaning asosiy jihatlari, tarbiyaning 
turli xil tomonlari, hozirgi zamon oilalarining farqli jihatlari, ajrim muammolari va ularni bartaraf etish 
usullari, farzand tarbiyasi muhimligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar

oila, oila bardavomligi, qadriyat, komil inson, zardushtiylik, Avesto, Amir Temur, tarbiya, 
farzand, ota-ona, Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub”. 
Аннотация. 
В данной статье освещаются понятие семьи, различные представления о семье, 
об основных аспектах семьи, различных особенностях воспитания, различиях между современными 
и историческими семьями, разводе и методах его предотвращения, о важности воспитания детей.
Ключевые слова:
 семья, семейное благополучие, ценность, совершенный человек, зороастризм, 
Авеста, Амир Темур, воспитание, ребенок, родители, Алишер Навои, Махбуб уль-Кулуб.
Annotation. 
This article covers the concept of the family, various ideas about the family, the main 
aspects of the family, the various features of upbringing, the differences between modern and historical 
families, divorce and methods of preventing it, and the importance of raising children.
Keywords:
family, family well-being, value, perfect person, Zoroastrianism, Avesta, Amir Temur, 
upbringing, child, parents, Alisher Navoi, Mahbub ul-Kulub.
Oila bu hayot va kelajak poydevoridir. Yangi oila paydo bo‘layotgan davrda, qaysi zamon bo‘lishidan 
qat’i nazar, ularning bu jihatlari o‘zgarmay qoladi. Chunki o‘tmish va kelajakni oilasiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi, aks holda hayot oilasiz tanazzulga yuz tutgan bo‘lar edi. Oilaning bardavomligi – bu birinchi 
navbatda, oila qurayotgan insonlar ko‘p yillar davomida birga hayot kechirib, hayotning qiyinchiliklarini 
birga yеngib o‘tishlari kerakligi bo‘lsa, ikkinchidan, oila milliy qadriyatlar va urf-odatlarni o‘zida 
mujassamlashtirganligidadir. Milliy qadriyatlarimiz, barcha ajdodlarimizning o‘gitlari, pand-nasihatlari, 
o‘zbekona tarbiyaning ildizlarini o‘z ichiga oladi. 
Oilada tarbiyaga azaldan katta e’tibor qaratilgan, buni turli tarixiy manbalar va qo‘lyozmalarda keltirilgan 
oila borasidagi qarashlarda ko‘rishimiz mumkin. Qadimgi zardushtiylik dini muqaddas kitobi “Avesto”ning 
oltin qoidalaridan biri oila muqaddasligi hisoblanadi. Bundan tashqari mazkur kitobda ota-onaga bo‘lgan 
hurmatning muhimligi va ayollarning axloq-odoblariga alohida to‘xtab o‘tilgan. Bizga ma’lumki, Islom 
dinida ham oila masalasiga doir ko‘p oyat va hadislar mavjud. Dinimizda oilada ayol kishi juda ardoqlanadi, 
shuningdek, oilani pokligini, mustahkamligini saqlashda ayol kishining o‘rni muhim ahamiyatga egaligi 
ko‘pgina hadislarda keltirib o‘tilgan. Erkak kishi esa oilaning boshi bo‘lib, unga oilaning har tomonlama 
mustahkamligini, hamda iqtisodiy tomondan ta’minlash mas’uliyati berilgan. Shuningdek, ota-onaning oilada 
naqadar muhim o‘ringa ega ekanliklarini “Ota rozi – Xudo rozi”, “ Jannat onalarning oyog‘i ostida” degan 
so‘zlardan anglashimiz va ularning ko‘ngillarini og‘ritish juda katta gunohligi ko‘p marotaba takrorlanishidan 
tushunishimiz mumkin. 
Buyuk tarixiy shaxslardan biri Amir Temur ham oilaga davlat darajasidagi masala deb qaragan. Biz buni 
uning o‘z farzandlari va nabiralariga kelin tanlashdagi qo‘ygan talablarini quyidagi fikrlaridan bilishimiz 
mumkin: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoqchi tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor 
berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yеtti pushtini 



Yüklə 3,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin