Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат университети Тарих факултети



Yüklə 300,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix31.12.2021
ölçüsü300,47 Kb.
#49598
  1   2   3   4   5
buyuk ipak yoli - shakillanish rivojlanish bosqichlari va hozirgi zamon



 

Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта махсус таълим вазирлиги  



 

Алишер Навоий номидаги Самарқанд Давлат университети 

Тарих  факултети 

 

 



 

 

 



Фан: Ўзбекистонда савдо муносабатлари ва тадбиркорлик тарихи 

 

Мавзу: 

Buyuk ipak yo'li - shakillanish, rivojlanish bosqichlari va hozirgi 

zamon 

 

 

 

 



    Бажарди: Шотемирова Азиза 

 

                                   Текширди: Холиқулов Р.Ш 



 

 

 



 

 

 



 

 

Самарқанд -2014 




 

 Mavzu: Buyuk ipak yo'li - shakillanish, rivojlanish 



bosqichlari va hozirgi zamon 

Reja: 


1.  Eng  qadimgi    yo'llar.      Buyuk    ipak    yo'lining  paydo  bo'lishi    va 

rivojlanishi. 

2.  Amir    Temur     va     temuriylar     davrida     Buyuk     ipak     yo'li 

shuhratining yanada ortishi. 

3.  X V I    asrdan boshiab  Buyuk  ipak  y o 'li  ahamiyatining pasayishi, uning 

sababhui 

4.  Hozirgi       davrda        Buyuk        ipak        yo'li        an'analarini       tiklash        va 

rivojlanlinsh        borasidagi        xalqaro        hamkorlik        harakatida 

O'zbekisionning ishtiroki. 

                                                 1 

Kishilik  jamiyati  paydo  bo’libdiki,  uning  taraqqiyot  jarayoni  hech 

qachon  aloqalarsiz  bo’lmagan.  Odamlar,  urug’  jamoalari,  qabilalar,  elatlar, 

xalqlar  va  nihoyat  ularni  hududiy-iqtisodiy  va  siyosiy  birlishtirgan 

mamlakatlar  o’rtasida  doimo  aloqalar  bo’lgan  va  bu  aloqalar  tufayli  yo’llar 

paydo bo’lgan. Biz qadimgi davr tariximizga nazar tashlar ekanmiz, kishilik 

jamiyatining  bronza  davridan  e’tiboran,  ba’zi  joylarda  undan  ham  ancha 

avval,  ma’lum  ixtisoslashgan  yo’llar  paydo  bo’lganligini  bilamiz.  Ularning 

paydo bo’lishida qabilalar, xalqlar va davlatlararo aloqalardan kelib chiqqan 

iqtisodiy, etnik, siyosiy va madaniy ehtiyojlar sabab bo’ldi. Tarixda miloddan 

avvalgi  VI-IV  asrlarda  Eron  ahmoniylari  saltanati  davrida  uning  hududi 

bo’ylab  «shoh yo’li»  tarkib topganligini bilamiz. Lekin unga qadar O’rta va 

YAqin  SHarqda  Badaxshon  lazuritiga    bo’lgan  ehtiyoj  «Lazurit  yo’li»ning 

vujudga  kelishiga  olib  kelgan.  Ana  shunday  qadimgi  yo’llardan  biri,  G’arb 

bilan  SHarqni  bir  necha  ming  yillar  davomida  bir-biriga  bog’lab  kelgan 

«Buyuk  ipak  yo’li»  edi.  Bu  yo’l  orqali  SHarqdan  (Xitoydan)  G’arbga 



 

(Vizantiyaga)  oqib  borgan  savdo  mollari,  asosan,  Xitoy  ipagi  bo’lsa-da,  bu 



yo’l fanga atigi  XIX asrning 70 yillarida nemis olimi K.Rixtgofen tomonidan 

«Ipak  yo’li»  nomi  bilan  kiritildi.  Unga  qadar  «Ipak  yo’li»  «G’arbiy 

meridional yo’l» deb kelinardi. 

«Buyuk Ipak yo’li» haqidagi ilk yozma ma’lumotlar miloddan avvalgi 

138  yilga  to’g’ri  keladi:  Xitoy  imperatori  Vu  Di  topshirig’i  bilan  Markaziy 

Osiyoga  yuborilgan  elchi  va  sayyoh  CHjan  Syan  «Buyuk  ipak  yo’li»ni 

o’rganadi va bu to’g’rida o’z tasnifini beradi. 

SHu  davrda  xunnlar  Xitoyning  shimoliy  tumanlarini  talon-taroj  qilar 

edilar  va  imperator  CHjan  Syanni  ko’chmanchi  xunn  qabilalariga  qarshi 

kurashda  ittifoqchi  va  hamkorlar  topish  uchun  jo’natadi.  Elchi  xunnlar 

qo’liga  asir  tushadi  va  o’n  yilcha  hibsda  yotadi.  U  asirlikdan  qochib, 

Markaziy  Tyan’shan  dovonlari  orqali  Issiqko’lga  chiqadi.  Norin  daryosi 

bo’ylab Farg’ona vodiysiga keladi. Bu erda o’zi uchun vodiydagi shaharlarni 

kashf  qiladi.  Bu  shaharlar  Farg’ona  podshohligiga  qarashli  ekanligini  bilib 

oladi.  Tabiiyki,  elchi  xitoyning  xunnlarga  qarshi  kurashda  Farg’ona 

hukmdorining  yordamini  olmoqchi  bo’ladi.  Lekin  Farg’ona  hukmdori  faqat 

savdo  aloqalarini  o’rnatish  istagini  bildiradi.  CHjan  Syan  janub  sari 

sayyohatini  davom  ettiradi.  Oloy  vodiysidan  o’tib,  yana  xunnlar  qo’liga 

tushadi.  Bir  yildan  keyin  vataniga  qaytadi.  Elchi  Xitoy  imperatoriga 

«sayyohati»  haqida  gapirib  beradi.  U  Xitoyga  Farg’ona  otlaridan  birini  va 

beda  urug’idan  olib  borgan  edi.  Bu  otni  xitoyliklar  samoviy  deb  ataganlar. 

Imperator Vu Di o’z saroyi yaqinida beda ektiradi. Keyinchalik u Xitoyning 

butun shimoli bo’ylab ekiladigan bo’ladi. Xitoyliklar anor, uzum, bodring va 

yong’oq ekishni ham yo’lga qo’yadilar. 

SHunday qilib, CHjan Syan yurgan yo’l bo’ylab miloddan avvalgi II-I 

asrlarda  Xitoyni  Markaziy  va  G’arbiy  Osiyo  bilan  bog’lovchi  jahon 

ahamiyatiga  ega  Buyuk  ipak  yo’li  deb  ataluvchi  narvon  yo’li  o’tadigan 



 

bo’ldi. 



«Ipak yo’li» Xitoyning qadimgi markazi Siandan boshlanib, Lanchjou 

orqali  Dunxuanga  keladi.  Dunxuanda  u  ikkiga  ajraladi.  «Ipak  yo’li»ning 

janubi-g’arbiy  tarmog’i  Takla-Makon  sahrosi  orqali  Xotanga,  undan 

YOrkentga  kelib,  Pomir  tog’ining  daralari  orqali  Vaxonga,  undan 

Baqtriyaning bosh shahri Zariaspga (Balx) kelgan, Balxda yo’l uch tarmoqqa 

ajralib,  uning  g’arbiy  tarmog’i  Marvga,  janubiy  tarmog’i  Hindistonga, 

shimoliy  tarmog’i  Termiz  orqali  Darband,  Nautak,  Samarqandga  qarab 

ketgan.  

«Ipak  yo’li»ning  shimoli-g’arbiy  tarmog’i  esa  Dulxuandan  Bami 

Kuchi,  Turfan  orqali  Tarim  vohasiga  –  Qashg’arga  borgan.  Undan 

Toshqurg’on orqali O’zgan, O’sh, Quva, Axsikent, Ponga, undan Asht dashti 

orqali  Xo’jand,  Zomin,  Jizzaxga,  so’ngra  Samarqandga  Nautaka  yo’li  bilan 

birlashgan.  Yo’l  Samarqanddan  g’arbga  –  Dobusiyaga,  Malik  cho’li  orqali 

Buxoro  va  Romitanga,  undan  Varaxsha  orqali  Paykent  va  Forobga  borib 

Amul’  shahriga  o’tgan.  Amulda  Marvdan  Urganch  tomon  Amu  bo’ylab 

ketayotgan  yo’lga  qo’shilgan.  Qadimda  Marv  shahri  o’zining  qadimiy 

an’analari  va  har  tomonga  ketuvchi  savdo  karvon  yo’llari  tutashadigan 

geografik  qulayliklariga  ko’ra  ipak  yo’lidan  eng  yirik  shahar  edi.  SHuning 

uchun  ham  Marvda  mahalliy  din  –  zardushtiylik  ibodatxonalaridan  tashqari 

Hindistonning  budda,  Vizantiya  xristian  olamining  tayanchlari  bor  edi. 

Qadimgi ipak yo’li ungacha shu mintaqadan o’tgach «lazuriyot yo’li», «shoh 

yo’li»  asosida  Marvdan  G’arbga  tomon  katta  karvon,  savdo  yo’li  bo’lib 

Xitoy,  Hindiston  va  O’rta  SHarqni  YAqin  SHarq  va  O’rta  er  dengizi 

mamlakatlari  bilan  bog’lab  turardi.  Tarixiy  yozma  manbalar  va  arxeologik 

materiallarning  guvohlik  berishicha,  Marvdan  g’arbga  tomon  ketgan  ipak 

yo’li Eronning Gekotolepil, Apaliya va Ekbatana (Xamadon) shaharlariga va 

ulardan  o’tib  Mesopotamiyaning  Ktesafon  va  Bag’dod  shaharlariga  borgan. 



 

Undan  Dajla  (Tigr)  daryosining  o’ng  sohili  bo’ylab  shimolga  ketib, 



Anjioxiya  (Antokiya)  orqali  Damashqqa,  undan  Tir  va  Quddus  shaharlari 

orqali Misrga o’tib ketgan. Marvdan chiqqan shimoliy yo’l esa Amul’ orqali 

Urganchga,  undan  SHimoliy  Kaspiy  bo’ylab  SHimoliy  Kavkazga,  so’ngra 

Qora  dengizning  shimolidan  Konstantinopolga  borib,  Bosfor  va  Dardanel 

orqali O’rta Er dengiziga o’tib, Vizantiya shaharlarini aralagan.  

Xitoy  imperatorlari  Ipak  yo’li  g’arbda  joylashgan  mamlakatlar  bilan 

savdo  va  diplomatik  aloqalar  qilganlar.  Ular  o’z  elchilarini  katta  sovg’a-

salomlar  bilan  O’rta  Osiyo,  Eron,  Misopotamiya  va  Kichik  Osiyo 

davlatlariga yuborgan. Masalan, Xitoy sayyoxi Gap In milodiy 97 yilda fors 

qo’ltig’igacha  etib  borgan.  Makedoniyalik  May  Tisian  esa  100  yilda 

Lanchjougacha  etib  borgan.  Ammo  Markaziy  Osiyoliklar  hamda  eronliklar 

hech qachon Xitoy bilan Vizantiya yoki Xitoy bilan YAqin SHarq davlatlari 

o’rtasida  bevosita  savdo  aloqalarining  shakllanishidan  manfaatdor  emas 

edilar. CHunki bu harakatning «ostida» juda katta iqtisodiy siyosat etar edi. 

Ayniqsa, Ipak yo’li uchun kurash III asrdan boshlab Eron bilan O’rta Osiyo 

o’rtasida  hayot-mamot  kurashi  tusini  olgan.  Bu  borada  Eron  bilan  Parfiya 

o’rtasida qattiq kurashlar ketgan.  

Markaziy  Osiyo  orqali  Xitoydan  g’arbga  o’tadigan  savdo  karvon 

yo’llari doimo sug’dlar nazoratida bo’lgan. Sug’d savdogarlari o’zlarining bu 

yo’ldagi hukmronligini saqlab qolish uchun SHarqiy Turkistonda, Ettisuvda, 

Oltoydan  to  Enisey  sohillariga  qadar  bo’lgan  hududlarda,  SHimoliy 

Xitoyning  SHansi  viloyatida,  Dunxuan  kabi  qator  shaharlarda  o’z 

karvonsaroylarini va qishloqlarini barpo etganlar. 

III-VII  asrlarda  Markaziy  Osiyo  va  O’rta  SHarq  orqali  o’tgan  «Ipak 

yo’li»ning  nazorati  sug’dlarning  qo’lida  bo’lgan  bo’lsa,  VIII  asr  o’rtalariga 

kelib xalqlararo munosabatlar tizimida tub o’zgarishlar yuz berdi. 

«Ipak yo’li»ning g’arbiy qismi arablar nazoratiga o’tdi. XIII asrga kelib 



 

CHingizxon  ipak  yo’lining  barcha  tarmoqlari  bo’ylab  nazoratni  o’z  qo’liga 



kiritdi. Bu holat to XIV asr o’rtalarigacha davom etdi. Mug’ullar hukmronligi 

davrida Xorazmning Mahmud yalovoch doirasidagi savdogarlari asosiy rolni 

o’ynadilar. 

Agar «Ipak yo’li» orqali Xitoydan G’arb mamlakatlariga, asosan, ipak, 

ilk  o’rta  asrlardan  boshlab,  qog’oz  eksport  qilingan  bo’lsa,  bu 

mamlakatlardan  Xitoyga  shisha,  jundan  ishlangan  har  xil gazlamalar,  gilam, 

palos,  oyna,  metall,  zeb-ziynat  bezapklari,  qimmatbaho  toshlar,  har  xil 

dorivorlar,  arg’umoq  otlar  keltirilgan.  Ana  shu  savdo  yo’llari  orqali 

Xitoyning  bronza  oynalari  va  kvadratikli  tangalari  Farg’ona  vodiysi  va 

Sirdaryoning o’rta havzasi rayonlariga keng tarqalgan. 

Buyuk Ipak yo’li birgina iqtisodiy ahamiyat kasb etmay, balki u diniy, 

madaniy meros yutuqlarini tarqatuvchi, mamlakatlararo diplomatik aloqalarni 

ta’minlovchi  yo’l  ham  edi.  Mas,  Hindistonning  budda  dini  shu  yo’l  bilan 

Xitoyga Markaziy Osi  yo  orqali  kirib  kelgan.  IV-VIII  asrlarda  Xitoyning 

tashqi  olam  bilan  savdo  aloqalari  kengaydi.  Ilk  feodalizm  davrida  Xitoyda 

ipakchilik rivojlanib ketdi va ipaklar arzon narhda Markaziy Osiyoga Sug’d 

savdogarlari orqali kirib borgan. Ular faqat mol olib,  mol sotuvchi va undan 

foyda  oluvchi  jamiyatning  boy  qatlami  hisoblanmay,  balki  o’zoq  safarlarga 

katta savdo karvoni bilan ketuvchi savdogar, diplomatlar, ziyo tarqatuvchilar, 

u  yoki  bu  hududdan  yangi  joylarga  ilg’or  xo’jalik  ixtirolarini  olib  boruvchi 

nufuzli  kishilar  hisoblanardi.  Ular  bir  vaqtning  o’zga  mamlakatlar  urf-

odatlari, kuch va qudrati, xududiy joylashishi, tabiati va davlatni boshqarish 

tizimini  chuqur  bilishda  o’ta  xushyor  davlat  ayg’oqchilari  vazifasini  ham 

o’tar  edilar.  Davlat  boshliqlari  ularning  kuzatish  mahorati  va  bergan 

ma’lumotlari  asosida  o’z  tashqi  siyosatlarini  rejalashtirar  edilar.  Bunday 

ulkan va zaruriy ishlar ana shu savdo-karvon yo’llari tufayli amalga oshirilar 

edi. Melodiy eradan boshlab to IX asrgacha so’g’d tili ipak yo’llari doirasida 



 

jahon savdo tili darajasiga ko’tarildi.  



«Ipak yo’li» O’rta Osiyo sharq bilan g’arb o’rtasida vositachilik rolini 

o’ynar ekan, bu erda migrasiya jarayoni kuchayib, turkiy etnik unsurlarning 

katta-katta  guruhlari  paydo  bo’ldi  va  ularning  Markaziy  Osiyoning  ichki 

rayonlariga kirib borishi tezlashdi. Erli eron tillar guruhi olamida turkiyzabon 

xalqlar  hissasi  ko’chayib,  X-XI  asrlarga  kelib  Movarounnahr,  Xorazm  va 

SHarqiy  Xurosonda  (Turkmaniston  hududida)  turkiy  til  muhiti  hukmron 

bo’lib qoldi. 


Yüklə 300,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin