№1 2022 10
berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko`pchilik o`qituvchilar sinf rahbari vazifasini
bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo`lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o`qituvchi ijtimoiy psixolog bo`lmasligi mumkin emas. Shuning
uchun ham o`quvchilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni yo`lga sola olishi, bolalar
jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan
biridir. Jamiyat tomonidan qo`yiladigan talablaridan eng muhimi o`qituvchining
shaxsi va uning kasbi bilan bog`liq xislatlariga qaratilgan.
O`qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir:
-
O`qituvchining o`z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik
ruhida tarbiyalash istagi, o`z yurti, ona tili, o`z xalqining tarixi va uning madaniyatini
sevishi, davlatning mustaqilligi g`oyasida yashashidan iboratdir;
-
Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajad his etishi;
-
Olijanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok;
-
O`zini qo`lga ola bilishi, sabr-toqattli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o`qituvchilik kasbiga qo`yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
-
Keng bilim saviyasiga ega bo`lishi, turli bilimlardan xabardor bo`lishi;
-
Yosh pedagogik psixiologiya, ijtimoiy psixiologiya va pedagogika, yosh
fiziologiyasi hamda makyab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo`lishi;
-
O`zi dars beradigan fan bo`yicha mustahkam bilimga ega bo`lib, o`z kasbi,
sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo`lishi;
-
Ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
-
O`z ishiga ijodiy yondashishi’
-
Boalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
-
Pedagogik taxnikani ( mantiq, nutq, ta’limnig ifodali vositalari) va pedagogik
taktga ega bo`lishi;
-
O`qituvchining o`z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib
borishi.
Har bir o`qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan
bo`lishi uchun intilishi kerak.
O`qituvchiga jamiyat tomonidan qo`yiladigan talablar, turli xilldagi ijtimoiy
kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga
subyektiv tayyorgarligi muayyan o`qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar
tayyorgarligidan dalolat beradi.
Muhim davlat vazifasini – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga
oshirayotgan zamonaviy maktab o`qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati,
asosan, amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o`sib rivojlana
boradi. Shu bilan birga o`qituvchi doimiy ravishda o`z malakasini oshirib, o`z