Zamonaviy psixologiyaning pedagogika bilan uzviy


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 180,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix12.05.2023
ölçüsü180,3 Kb.
#111846
1   2   3   4
zamonaviy-psixologiyaning-pedagogika-bilan-uzviy-bogliqligi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 7 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
83
 
July, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
shaxsning shakllanishi masalasini ishlab chiqish. Unda shaxsning axloqiy 
sifatlarining shakllanishiga alohida ahamiyat beriladi. Pedagogik psixologiya 
tadqiqotlari oʻquv materiali mazmunini tanlash, oʻquv dasturlari, darsliklar tuzish, 
taʼlimning har xil bosqichlarida oʻqitish metodlari tizimini tashkil qilishda muhim 
ahamiyatga ega. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ta‘lim-tarbiyaning shaxsni kamol toptirish ishiga bog‗liqligi milliy g‗oyani 
shakllantiruvchi, takomillashtiruvchi va uni ommaga yetkazuvchi kuchlarga 
bog‗liqdir. Pedagogik - psixologiya fani ham jahon fani taraqqiyoti hamda va uning 
takomillashib borish jarayonini, fanga kirib kelishi kutilgan yangiliklarni yanada aks 
ettiradi, albatta. Bu asosiy vazifa sifatida ilk bor qonuniy asoslarga ega bo‗lmoqda va 
pedagogik psixologiya fani oldiga muhim nazariy vazifalarni hal qilish qo‗yilmoqda: 
1) pedagogik psixologiyaning muhim vazifalaridan biri ta‘lim jarayonini 
yanada takomillashtirish, faollashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqish; 
2) ta‘lim - tarbiya jarayonida turli yoshdagi bolalarning aql-idrokiga, irodasiga, 
uni shaxs sifatida shakllantirishga ta‘sir etuvchi omillarni o‗rganish;
3) o‗quvchilar shaxsni tarkib topishi jarayonini, bu jarayonning umumiy 
qonuniyatlarini va individual farqlarni, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‗quvchilarga 
ko‗rsatadigan ta‘sirini o‗rganish;
4) ta‘lim va tarbiya jarayoni bir-biriga bog‗liqdir, bu jarayonda aqliy 
qobiliyatlarni, 
axloqiy 
sifatlarni, 
shaxsni 
hissiy 
va 
irodaviy 
sifatlarini 
shakllantirishning maksimal rivojlanishi shart-sharoitlarini aniqlash; 
5) mustaqil bilim olish, materialni chuqur yoki yetkazishning psixologik 
masalalarini ishlab chiqish;
6) bilish faoliyatini o‗zaro tashkil qila bilish shart-sharoitlarini aniqlash;
7) o‗z-o‗zini tarbiyalashning psixologik asoslarni aniqlash;
8) o‗qituvchi shaxsni va o‗qituvchi shaxsini xususiyatlarini, milliy 
o‗qituvchining sifatlarini aniqlash;
9) pedagogik bilimlar, ko‗nikma va malaka, qobiliyatlarning tarkib topishi 
hamda taraqqiyotining psixologik jarayonlarini aniqlash;
10) o‗z-o‗zini tarbiyalash, milliy g‗urur va vatanparvarlik jarayoni uning 
psixologik muammolarini nazariy jihatdan asoslab berishdan iboratdir;
11) shuningdek jahon tajribalari bilan birga, milliy xususiyatlarimiz, undagi 
eng ilg‗or tomonlar, muhimi, pedagogik tarbiyalanuvchilar
o‗quvchilar, talabalar bilan imkoni boricha ko‗proq muloqotda 
bo‗lish, o‗quvchi shaxsining barcha xususiyatlarini hisobga olib, 



Yüklə 180,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin