2
Ushbu ma’ruza matnida jahon mamlakatlarining
geosiyosiy holati, rivojlanib
borishi, taraqqiyot bosqichlari iqtisodiy geografik nuqtai nazardan yoritib berilgan.
SHu bilan birga jahon mamlakatlarining tuzumi,
jahon tabiiy resurslari, aholi va
mehnat resurslari, iqtisodiyoti hamda jahonning globol muammolarini o’rganishga
qaratilgan.
Ma’ruza matni geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ta’lim yo’nalishi
talabalariga mo’ljalangan.
Tuzuvchi: b.f.n, katta o’qituvchi A. M. Jobborov
Taqrizchilar: FDU geografiya kafedrasi o’qituvchisi
g.f.d, Yu. Ahmadaliev, QDPI g.f.n, katta
o’qituvchi O. Qo’ziboeva, o’qituvchi
O.Qo’chqorov
Ushbu ma’ruza matni geografiya kafedrasining 2008 yil ____
avgustdagi
№
1- sonli
yig’ilishida ko’rib chiqilgan va ma’qullangan.
Ushbu ma’ruza matni institut Ilmiy Kengashining 2008 yil ____ avgustdagi
№
1-
sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
3
Mavzu: Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasiga kirish.
Mazkur kurs ijtimoiy-geografik fan bo’lib, u aholi va xo’jalikni butun dunyoda,
ayrim hududlar va mamlakatlarda rivojlanish va joylanish qonuniyatlarini tadqiq
etadi. Mazkur kurs butun jahon xalqaro munosabatlarini,
insoniyat va jamiyat bilan
tabiatning o’zaro aloqalari, global muammolar va jahon taraqqiyotining hozirgi
bosqichlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Mazkur fanning shakllanish va taraqqiyotida bir
qator iqtisodchi geograf
olimlarning hissasi ko’p. Masalan: N.N.Baranskiy, I.A.Vitver, N.N.Kolosovskiy,
V.P.Maksakovskiy, V.Ya.Rom, K.F. Stroev. O’zbek iqtisodchilaridan Z.Akramov, A.
Soliev, A. Ro’ziev.
Jahon iqtisodiy va siyosiy geografiyasi ijtimoiy fan bo’lganligi uchun bir qator
iqtisodiy va tabiiy fanlar bilan bog’langan. Masalan:iqtisod, tarix, falsafa,
matematika, siyosiy va sotsial geografiya, aholi geografiyasi va tabiiy geografik
fanlar biologiya, ximiya fanlari bilan bog’langan.
Tadqiqot
metodlari ham tobora boyib, kengayib bormoqda. Statistik,
kartografik va tarixiy metodlardan tashqari yangi metodlar, masalan:
matematik
modellashtirish, kosmik metodlar paydo bo’ldi.
Iqtisodiy geografik tadqiqotlar xo’jalik tarmoqlarini joylashtirishda ilmiy
asoslashga, qulay joylashtirilishiga, planli xo’jalik yuritilishiga,
aholini sotsial
sharoitini yaxshilash bilan birga material, yoqilg’i va asosiysi mablag’ni ko’p iqtisod
qiladi.
Iqtisodiy-“ekonomicheskiy” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, xo’jalik yuritish
degan ma’noni bildiradi. Mazkur fanni 1-bo’lib M.V.Lomonosov shunday deb
atagan.