Radiaktivzona-YAdrodan keyingisi radiaktiv zona. Zonaning bunday atalishiga sabab, u radiatsiya chiqaradi. U ozroq sovuq, radiaktiv zonada harorat 15 milliondan 1 million gradus selsiy oralig‘ida bo‘ladi (hattoki bunday haroratni ham termometr bilan o‘lchashni hohlamayman). Radiaktiv zonada nima asosan qiziq, bu zonadan keyingi zonaga fotonlarning o‘tishi uchun million yillar kerak bo‘ladi, shuning uchun ham u konvektiv zona deb ataladi!
Konvektiv zona-bu zona boshqacha, bu erda fotonlar konveksiya tufayli harakatlanadi – yuqori sinf fizikasini eslaydigan bo‘lsangiz konveksiya hajmning pastroq harorat va kamroq bosim bo‘lgan tomoniga qarab hosil bo‘ladi. Bu zonaning radiatsion zona bilan chegarasida million gradus farq bor. Selsiy hisobida tashqi qismda harorat atigi 6000 °C bo‘ladi (siz asbest qo‘lqopda termometrni ushlab turishni hohlamaysizmi endi).
Fotosfera-keyingi soha fotosfera deb nomlanadi. U quyoshning ko‘rinib turadigan yorug‘ qismi, chunki u erda ko‘rinuvchi nurlar paydo bo‘ladi. Fotosferaning harorati 5500 °S, bu ham o‘lkan harorat. Quyoshga nisbatan bu qatlam yupqa bo‘lgani bilan uning qalinligi 300 mil.
Xromosfera -xromosferani bir necha ming mil qalinlikdagi tumanlik tashkil etadi, u erda harorat 6000 °C dan 50000 °C ga o‘zgarib turadi. Bu soha ko‘rinadigan spektr sohasidagi qizil nurlanishni chiqaruvchi o‘yg‘ongan vodorod atomlari bilan to‘lgan.
Toj - toj Quyosh atmosferasining kosmosga millionlab mil masofaga tortilib turishi. Bu erda harorat juda issiq bo‘ladi, ya’ni million gradus selsiy atrofida. Quyosh sirning ayrim xususiyatlarini 1.2 - rasmda ko‘rish mumkin, lekin ular keyingi qismdagi 1.3- rasmda batafsil ta’riflangan.
Quyoshningxususiyatlari. Quyoshning ichki tuzilishini ko‘rib chiqdik, bizga Quyosh sirtida va tojda nima jarayonlar kechayotganligini bilish qiziq.
Quyoshning magnit maydonlari bor joylarda toj kovaklari paydo bo‘ladi. Quyosh protuberanetslari kosmosga katta miqdordagi toj materiallarini ajratib
chiqarib yuboradi. Magnit xalqalar protuberanetslarni fozoda tutib qoladi. Quyosh sirtidan chiquvchi tojning ruchkasimon qutbli proeksiyasi juda kichik.