Inersiya materiyaning eng umumiy xususiyatlaridan biridir. Barcha jismlar, ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, inersiyaga ega.
Nyutonning birinchi qonuni har qanday sanoq sistemasida ham bajarilavermaydi. Nyutonning birinchi qonuni bajariladigan sanoq sistemasiga inersial sanoq sistemasi deyilib, bajarilmaydigan sanoq sistemasiga esa noinersial sanoq sistemasi deb ataladi.
Tekshirishlardan ma’lum bo‘ldiki, Quyoshda markazlashgan, o‘qlari esa mos ravishda yulduzlar tomon yo‘nalgan sanoq sistemasi birdan-bir inersial sanoq sistema bo‘lar ekan. Shuning uchun ham, bu sanoq sistemasiga geliotsentrik (Quyoshda markazlashgan) sanoq sistemasi deyiladi. Geliotsentrik sistemaga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakatlanuvchi har qanday sanoq sistemasi inersial sanoq sistemasi bo‘la oladi.
Mexanik harakatning asosiy tenglamasi – mexanikaning ikkinchi qonuni jismga qo‘yilgan tashqi kuchni uning massasi, jism oladigan tezlanish yoki impulsning vaqt oralig‘idagi o‘zgarishi bilan bog‘laydi, ya’ni:
(2)
bunda m – jismning massasi; – harakat tezligi; t – vaqt; F – jismga ta’sir etayotgan kuch; P – impuls.
Jism massasi moddiy ob’ektning miqdoriy o‘lchamidir.
Tabiatda bir jismni boshqa jismga nisbatan bir tomonlama ta’siri ro‘y bermaydi. Jismlarni bir-biriga ta’siri o‘zaro bo‘lib, o‘zaro ta’sir deyiladi.
Mexanik harakatning asosiy xususiyatiga ko‘ra, har bir ta’sir o‘ziga teng va qarama-qarshi yo‘nalishdagi aks ta’sirni vujudga keltiradi.
Tabiatda hech qachon bir jismning ikkinchi jismga ta’siri bir tomonlama bo‘lmaydi, har doim jismlar orasida o‘zaro ta’sir hosil bo‘ladi. 2-rasmda ikki jismning o‘zaro ta’siri tasvirlangan.
Nyutonning uchinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi.
Ikki jismning o‘zaro ta’sir kuchlari miqdor jihatdan teng va bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalgan, ya’ni:
(3)
bu yerda F1 va F2 – ta’sir va aks ta’sir kuchlari, ular mos ravishda birinchi va ikkinchi jismga qo‘yilgan bo‘lib, hamma vaqt juft holda mavjuddir.
Nyuton ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chiqishni talab etardi.
Galiley – Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmog‘iga aylandi va dunyoni bilish va anglashda katta hissa qo‘shdi.
Mexanika ko‘pgina muammolarni hal qilishda asosiy omil hisoblanadi. Ulardan ba’zilari: havo aylanishi (sirkulyatsiya)ni tushuntirish; ob-havoni oldindan aytish; o‘simlik va tirik organizmlardagi mexanik jarayonlarni o‘rganish va boshqalar. Yulduz evolyutsiyasi va Quyoshda sodir bo‘layotgan hodisalar bilan bog‘liq masalalarning ko‘pchiligi kvant mexanika sohalarida qaraladi.
Tabiatning barcha hodisalarini bir butun qilib bog‘lovchi energiyaning saqlanish va aylanish qonunining ochilishi tabiatshunoslikda katta ahamiyatga ega.
Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni tabiatning muhim qonuni bo‘lib, u esa bevosita materiya harakatiga bog‘liqdir. Energiya aylanishining o‘lchamini ish deb ataladi.
Mexanik ish deb, texnika va tabiat hodisalarida mexanik harakatni materiya harakatining boshqa ko‘rinishiga o‘tishini yoki uzatilishini miqdor jihatdan harakterlovchi fizik kattalikka aytiladi.
Mexanik ish bajarilish jarayonida materiya harakatining bir ko‘rinishi ikkinchi ko‘rinishga o‘tishi kuzatiladi. Masalan, trolleybus ish bajarish jarayonida materiya harakatining elektr ko‘rinishi mexanik ko‘rinishga aylanadi.
Bir-biri bilan o‘zaro ta’sirlanuvchi jismlar ayni bir vaqtda ham kinetik energiyaga, ham potensial energiyaga ega bo‘ladi. Odatda, jismlar sistemasining kinetik va potensial energiyalari yig‘indisiga to‘liq mexanik energiya deb ataladi
Masalan, Yerning sun’iy yo‘ldoshi harakatlanayotganligi uchun kinetik energiyaga va “yo‘ldosh - Yer” o‘zaro ta’sir potensial energiyaga ega bo‘ladi.
Mexanikada energiyaning aylanish va saqlanish qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Yopiq sistemadagi jismlarning to‘liq mexanik energiyasi hech vaqt bordan yo‘q bo‘lmaydi va yo‘qdan bor bo‘lmaydi. U faqat o‘zgarmas bo‘lib, bir turdan ikkinchi turga aylanib yoki bir jismdan ikkinchi jismga uzatib turadi.
Mexanikada energiyaning saqlanish va aylanish qonunining matematik ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
(3)
Potensial energiyaning kinetik energiyaga yoki kinetik energiyaning potensial energiyaga aylanishi tabiatdagi eng ajoyib hodisalardan biridir.
Tirik organizmlarning hayot faoliyati jarayonlarida energiyaning jamg‘arilishi va sarf etilishi hamda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi ro‘y beradi.
Dostları ilə paylaş: |